Nukleazalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nukleazalar — nuklein kislotalar (NK) ni parchalaydigan gidroli-tik fermentlar. Barcha biologik obʼyektlarda borligi maʼlum. N. fos-fodiesteraza boʻlib, ribonuklein kislotani parchalaydigan ribonukleaza (RNKaza), dezoksiribonuklein kislotani parchalaydigan dezoksiribonukle-aza (DNKaza), ayrimlari har ikki nuklein kislotalar (NK)ga nisbatan faol boʻlgan (nomaxsus) N. deb ataladi. Ekzonukleazalar nuklein kislota molekulasining bir uchini, endonuklea-zalar polinukleotid zanjirni oralaridan gidrolizlaydi. Ovqatdagi NKni hazm qilishda, organizm uchun yot boʻlgan NKni chiqarib yuborishda, hujayralarda NKning sintezlanishi va parchalanishini boshqarishda qatnashadi. N.dan NK strukturasini tadqiq qilishda va baʼzi virusli kasalliklarni davolashda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil