Nukat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nukat — oʻrta asr shahri. Toshkentdan Tunkatga va Fargʻonaga boradigan sav-do yoʻlida joylashgan. N. 11 —12-asrlardagi Sharq yoʻlnomalarida qayd etilgan. 9—10-asrlarda kattaligi jihatidan Ilokda Tunkatdan keyingi oʻrinda turgan. N.ning keyinchalik Ulkan Toʻyte-pa deb atalgan shahar harobasini 1928-yil M. Ye. Masson Toshkent yaqinidagi Toʻytepa qishlogʻidan topgan. N.ning markazi toʻgʻri burchak shaklidagi shah-riston boʻlib, maydoni 18 ga. U toʻrt darvozali ulkan devor bilan oʻralgan. Shimoliy qismida toʻrtburchakli 0,75 ga kattalikdagi qalʼa boʻlgan. N.ning rabodi 100 gadan ortiq maydonni egallagan. Shaharning sharqiy qismida oʻliklar os-suariylar (ostodon)da dafn qilingan qabriston joylashgan. N.dan 8—12-asrlarga oid tangalar, sopol, oltin, mis va jez idishlar, temir oʻroq, pi-choq, shuningdek, chiroyli qandil va murakkab bosma naqshlar bilan bezalgan idishlar topilgan. Topilmalarning eng qad.si 6—7-asrlarga oid. 9—10-asrlarda shahar tez rivojlangan. Idrisiyning maʼlumotiga koʻra, 12-asrda Tunkat tanazzulga uchrashi munosabati bilan Iloq davlatining poytaxtiga aylangan. 13-asr boshida moʻgʻullar istilosi natijasida harobaga aylangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil