Notion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Notion
Image: 100 pixels
MuallifNotion Labs Inc.
Chiqish sanasi2016
Eng so‘nggi versiyasi2.0.23
Operatsion sistemaAndroid, MacOS, iOS, Microsoft Windows, Web
PlatformaWeb, macOS, Windows, iOS and Android
Til(lar)koʻp tilli
Statusfaol
Vebsayt:notion.co

Notion — oʻqish va ish uchun foydali dasturlardan biri. Notionda qaydlar yozing, rejalar tuzing va shaxsiy hayotingizni tartibga soling. Xujjatlar, maʼlumotlar va topshiriqlar bilan ishlaydi. Loyihalarni boshqarish va eslatma yoki qaydlar olish uchun barcha imkoniyatlarni bir joyga jamlagan ish maydoni. Notion kompaniya xodimlari yoki oddiy foydalanuvchilar uchun mahsuldorlik, samaradorlikni oshirish, maqsadlar va topshiriqlarni muvofiqlashtirishga yordam berish uchun moʻljallangan dastur.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Notion Labs Inc San Franciscoda joylashgan startap boʻlib,2013-yilda Ivan Zhao tomonidan yaratilgan[1]. Oʻsha paytda taʼsischilar har qanday venchur kapitalistlari bilan uchrashishdan bosh tortdilar[2].

2018-yil mart oyida Notion 2.0 chiqarildi. U Product Hunt tomonidan ijobiy qabul qilindi va oyning eng yaxshi dasturi deb topildi. Oʻsha paytda kompaniyada 10 dan kam ishchi bor edi.

2018-yil iyun oyida rasmiy Android ilovasi chiqdi[3].

2019-yil sentabr oyida kompaniya 1 million foydalanuvchiga yetganini eʼlon qildi va 7 oydan kamroq vaqt oʻtgach, 2020-yil aprel oyida Notion ikki milliard dollarga baholandi.

Notion 2020-yil yanvar oyida Index Ventures va boshqa investorlardan 50 million dollar sarmoya oldi. 2021-yil 7-sentabrda Notion Haydarobodda joylashgan Automate.io startapini sotib oldi. Oʻsha yilning oktabr oyida Coatue Management va Sequoia Capital boshchiligidagi moliyalashtirishning yangi bosqichi Notion kompaniyasiga 275 million dollar yigʻishga yordam berdi. Sarmoya Notionni 10 milliard dollarga baholadi va kompaniyaning jami 20 million foydalanuvchisi bor edi.

2022-yilda Notion foydalanuvchilarga oʻz tajribalarini kengaytirish imkonini beruvchi rasmiy akkreditatsiya boʻlgan Notion Certified dasturini ishga tushirdi. Notion, shuningdek, xavfsizlik maʼlumotlarini oʻz mijozlari bilan faol ravishda baham koʻrishga vaʼda bergan texnologiya kompaniyalari koalitsiyasi — Security First Initiativega qoʻshildi[4].

Dastur[tahrir | manbasini tahrirlash]

Notion foydalanuvchilarga ish, oʻqish va shaxsiy hayotni boshqarish uchun deyarli barcha imkoniyatlar mavjud eslatma olish, fakt va maʼlumotlarni yozish shuningdek loyiha va vazifalarni tartiblash, fayllarni boshqarish, hujjatlarni saqlash, eslatmalarni oʻrnatish, kun tartibini saqlash va oʻz ishlarini tashkil etishga yordam beradi[5]. Dasturda roʻyhatdan oʻtgandan keyin ish maydoniga ilovadan yoki veb brauzerdan kirish mumkin[6].


Narx[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastur toʻrt xil obuna turi bor:

1. Shaxsiy — Bepul

Cheksiz sahifalar va bloklar, 5 mehmonlar bilan baham koʻrish, qurilmalar boʻylab sinxronlash, API

2. Shaxsiy Pro - $4 oyiga

Cheksiz fayl yuklashlar, cheksiz mehmonlar, 30 kunlik tarix

3. Jamoa — $8 oyiga

Cheksiz jamoasi aʼzolari, hamkorlikdagi ish maydoni, almashish huquqlari, admin vositalari

4. Korxona — shartnoma asosida

SAML SSU, foydalanuvchi bilan taʼminlash (SCIM), Audit log, murakkab xavfsizlik va boshqaruv elementlari, cheksiz tarix[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bharath „Success Story of Notion - An All-in-one Productivity Tool That Collaborates Your Workspaces“ (inglizcha). Startuptalky (26-noyabr 2021). Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
  2. Bastone, Nick „This enterprise software startup has VCs literally knocking on its doors to invest, but for now, it's not interested“. Business Insider. Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
  3. „Notion brings its powerful note-taking app to Android“. The Verge (7-iyun 2018-yil).
  4. Release, Press „Utah-based Whistic leads out in new security-first initiative consortium“ (en-US). Utah Business (2022-yil 8-mart). Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  5. „Notion goes where Evernote dares not: what you need to know“. Android Community (8-iyun 2018-yil).
  6. Raphael, J. R. „3 fantastic ways Notion can make you more efficient“ (en). Computerworld (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  7. „Pricing“ (inglizcha). Notion. Notion Labs, Inc.. Qaraldi: 13-iyun 2022-yil.