Nothing Else Matters

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Nothing Else Matters“
Metallica qoʻshigʻi
„Metallica“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 20-aprel, 1992-yil(1992-04-20)
Yozib olingan 30-may, 1991-yil
Studiya One on One, North Hollywood, Kaliforniya
Davomiyligi 6:28
Leybl Elektra
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
Metallica singllari xronologiyasi
„The Unforgiven“
(1991)
Nothing Else Matters
(1992)
„Wherever I May Roam“
(1992)
Klipi
„Nothing Else Matters“ YouTubeda

Nothing Else Matters“ AQShda tuzilgan Metallica heavy metal guruhi ijrosidagi qoʻshiqdir. 1992-yilda guruhning Metallica nomli beshinchi studiyaviy albomining uchinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq Billboard jurnali yuritadigan Mainstream Rock Tracks chartida 11-, UK Singles Chartda 6-, Daniya chartlarida esa 1-pogʻonaga koʻtarilgan. Koʻplab Yevropa mamlakatlari chartlarida yuqori oʻntalik safidan oʻrin olgan. „Nothing Else Matters“ ashulasi Guitar Hero: Metallica videooʻyiniga ham kiritilgan. Qoʻshiq Metallicaning eng mashhur va eng koʻp kaver qilingan qoʻshiqlaridan biri hisoblanadi.

Qoʻshiq 1990-yili Metallica guruhining asosiy vokalisti va ritm-gitarachisi James Hetfield tomonidan yozilgan.[1] Avvalboshda, qoʻshiq omma eʼtiboriga havola etilishi rejalashtirilmagan boʻlgan, Hetfield ashulani shunchaki oʻzi uchun yozgan. Ammo, guruh barabanchisi Lars Ulrich uni eshitib koʻrgandan soʻng, ashula unga manzur kelgan va shu tariqa albomga kiritilgan.[2]

Qoʻshiqning demo versiyasi 1990-yilning 12-avgustida Hetfieldning „The Dungeon“ nomli studiyasida yozib olingan.

Klipi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq klipi 1992-yilning 26-fevralida MTV telekanalida premyera qilingan. Unga Adam Dubin rejissorlik qilgan.

2021-yilning 1-avgustida YouTubeda „Nothing Else Matters“ qoʻshigʻi klipini koʻrganlar soni 1 milliardga yetdi va buning ortidan klip YouTubeda koʻrishlar soni bir milliardga yetgan Metallica repertuaridagi ilk klipga aylandi. Klipda A Year and a Half in the Life of Metallica hujjatli filmidagi ayrim tasvirlar oʻrin olgan.

Jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Metallica - Metallica“. Allmusic.com. Qaraldi: 2018-yil 16-iyul.
  2. „James Hetfield And Kirk Hammett Look Back On Metallica's Black Album“ (2012-yil 22-iyun). 2015-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]