Poʻlatjon Nosirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poʻlatjon Xayrullayevich Nosirov (1948.6.1, Urgut shahri - 1999.15.9, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston qishloq xujaligi Fanlar akademiyasi akademik (1992), iqtisod fanlari doktori (1987), professor (1991). Toshkent xalq xujaligi institutini tugatgan (1970). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida ilmiy xodim (1972—75), ilmiy kotib, boʻlim bosh-ligʻi, direktor oʻrinbosari (1975— 90), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat rejalashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (1990—92), Oʻzbekiston moliya vazirining 1-oʻrinbosari (1992—93), Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi raisining 1-oʻrinbosari (1993—94), shu qoʻmita Bosh hisoblash markazining Bosh direktori (1994), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Bosh maslahatchi — Tahlil va axborot markazining rahbari (1994—96), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida 1-prorektor (1996—97), 1998-yildan Bank va moliya akademiyasi moliya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda tovar-pul munosabatlari, narxlarning shakllanishi, rejalashtirish hamda marketing muammolariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil