Nosiruddin al-Hanafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nosir Toʻradan yoʻnaltirildi)

Nosiruddin al-hanafiy, Nosir Toʻra (19-asr oʻrtalari, Buxoro — 1920chi yillar, Kobul) — Buxoro amirligi va Buxoro respublikasida ijod qilgan oʻzbek tarixchisi, amir Muzaffarning oʻgʻli.

Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Buxoro ilmiy jamiyati aʼzosi (1921—23). U Buxoro Arki tarixiga doyr "Tahqiqoti Arki Buxoro" asarini shu jamiyat hamkorligida yozgan. Shuningdek, uning Buxoro amirligi tarixiga bagʻishlangan "Osori salotin" ("Sultonlardan qolgan yodgorliklar"), "Tuhfat uz-zoirin" ("Ziyoratchilarga tuhfa", 1910-yilda Buxoro toshbosma nashriyotida chop etilgan), "Hodi uz-zoirin" ("Ziyoratchilar uchun koʻrsatkich"), "Kunuz al-atqiyo" ("Taqvodorlarga atalgan xazinalar") kabi asarlari mavjud. Amir Olimxonning talabi bilan uning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari qatorida (jami 51 kishi) Afgʻonistonga yuborilgan (1923-yil iyul).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zakhidova S. A., Rukopis' «Tukhfat-uz-zairin» Nasiraddina ibn amir Muzaffara kak istochnik po izucheniyu gorodskoy kul'tury Bukhary // Obshchestvennyye nauki v Uzbekistane, № 3, 2001