Kontent qismiga oʻtish

Norvegiyada fuqarolar urushi davri

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Norvegiya fuqarolar urushlari

Sverre Sigurdsson Voss tog‘larini kesib o‘tmoqda
Sanalar 1130–1240 (110 yil)
Urush yeri Norvegiya
Natija
Raqiblar
Aristokratlar Taxt daʼvogarlari
Qoʻmondonlar
Roʻyxat: Roʻyxat:
Harbiy birliklar
Bagler Birkebeiner

Norvegiyadagi fuqarolar urushi davri (norvegcha: borgarkrigstida, borgarkrigstidi, borgerkrigstida yoki borgerkrigstiden) – 1130-yilda boshlanib, 1240-yilda tugagan. Bu yillar davomida yigirmadan ortiq qirollar va taxt daʼvogarlari hokimiyat uchun urush olib borgan.

Hukmronlikka boʻlgan daʼvolarni boshqaradigan rasmiy qonunlar mavjud boʻlmagan sharoitda, munosib nasabga ega boʻlgan va qirol boʻlishni istagan erkaklar maydonga chiqib, tinch yoʻl bilan, garchi murakkab boʻlsa-da, kelishuvlarga erishgan. Ular bir kishini qirol qilish, vaqtinchalik vorislik tartibini oʻrnatish, navbatma-navbat boshqarish yoki hokimiyatni bir vaqtning oʻzida boʻlishish toʻgʻrisida oʻzaro kelishib olgan. 1130-yilda Salibchi qirol Sigurdning vafotidan soʻng, uning ehtimoliy oʻgay ukasi Harald Gillekrist ular orasidagi kelishuvni buzib, taxtni Sigurdning nikohsiz tugʻilgan oʻgʻli Magnusga topshirish oʻrniga oʻzi egallamoqchi boʻladi. Sigurdning oʻlimidan oldinoq munosabatlari yomonlashib qolgan bu ikki shaxs va ularga sodiq boʻlgan guruhlar oʻrtasida urush boshlanib ketgan.

Fuqarolik urushlarining dastlabki oʻn yilliklarida ittifoqlar tez-tez oʻzgarib, har bir guruh maʼlum bir qirol yoki daʼvogarga sodiq boʻlgan. Biroq 12-asr oxirlariga kelib, siyosiy sahnada ikki asosiy partiya shakllandi: Birkebeinerlar va Baglerlar. Ularning oʻzaro kurashida qirollik qonuniyligi tushunchasi ramziy ahamiyatini saqlab qolgan boʻlsa-da, amalda bu partiyalar oʻz siyosiy maqsadlariga erishish uchun eng samarali yetakchilarni tanlashda pragmatik yoʻl tutishgan. 1217-yilda ikki partiya oʻzaro kelishuvga erishgach, Norvegiyada hokimiyat tizimi asta-sekin tartibli va qonuniy asoslangan shaklga kira boshladi. Bu jarayon mamlakatni qonuniy monarxni agʻdarish urushlaridan asta-sekin xalos etdi. Shunga qaramay, 1239-yilda gersog Skule Bårdsson qirol Håkon Håkonssonga qarshi uchinchi marta urush boshladi. Ammo Skule 1240-yilda magʻlubiyatga uchradi. Shu bilan 100 yildan ortiq davom etgan fuqarolik urushlari nihoyasiga yetdi.

Tarixiy sharoit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Norvegiyaning yagona qirollikka birlashtirilishi anʼanaviy ravishda 872-yildagi Hafrsfjord jangida qirol Harald Fairhair tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Biroq, birlashtirish jarayoni uzoq vaqt davom etib, uni toʻliq yakunlash va mustahkamlash uchun koʻp vaqt talab etilgan. XI asr oʻrtalariga kelib Norvegiya qirolligi toʻliq shakllangani taxmin qilinadi. Shunga qaramay, bir necha hukmdorning birgalikda taxtni boʻlishib boshqarishi hali ham keng tarqalgan holat edi. Bu, odatda, taxtga daʼvogarlar bir nechta boʻlganda mojarolarning oldini olish uchun qoʻllangan yoʻl boʻlgan. Bunday hamhukmdorlikdagi munosabatlar koʻpincha tarang, lekin ochiq toʻqnashuvsiz kechgan. Aniq meros qonunlari mavjud emas edi. Qirollikka daʼvogar boʻlish uchun eng muhim mezon – Harald Fairhair avlodidan boʻlish, yaʼni nasab boʻyicha erkak chiziqda kelib chiqish edi. Tugʻilishning nikohsiz yoki nikohli boʻlishi esa muammo hisoblanmagan[1].

Salibchi qirol Sigurd oʻz ukalari Qirol Øystein va Qirol Olav bilan birgalikda mamlakatni boshqargan. Ukalarining har ikkalasi farzandsiz vafot etganidan soʻng, Sigurd yagona hukmdor boʻlgan, uning oʻgʻli Magnus esa voris sifatida tan olingan. Ammo 1120-yillar oxirida Irlandiyadan Harald Gille ismli kishi Norvegiyaga kelib, oʻzini qirol Sigurdning otasi boʻlgan qirol Magnus Barefootning oʻgʻli deb daʼvo qiladi. Qirol Magnus bir muddat Irlandiyada harbiy yurishlarda boʻlgan, shu sababli Haraldning daʼvosi ehtimoliy asosga ega edi. Harald oʻz daʼvosini oʻsha davrda keng tarqalgan „olov sinovi“ orqali isbotlaydi. Bu usulda inson aybsizligini yoki nasabining toʻgʻriligini isbotlash uchun diniy marosim asosida sinovdan oʻtar edi. Sinovdan soʻng, qirol Sigurd uni oʻz ukasi sifatida tan oladi, biroq Harald Sigurd yoki uning oʻgʻli tirik paytida hech qachon qirollik daʼvosini bildirmaslikka qasamyod qiladi[2].

Fuqarolar urushi davridagi qirollar va daʼvogarlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy qirollar sulolasiga kiritilmagan, ammo oʻzlarini qirol deb eʼlon qilgan raqib daʼvogarlar kursiv bilan yoziladi[3].

Qoʻshimcha oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Per Sveaas Andersen; Per G. Norseng. Store norske leksikon. <!--->
  2. Per G. Norseng. Store norske leksikon. <!--->
  3. „Den norske kongerekken“. Detn norske kongehus. Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.

Birlamchi manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tegishli manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]