North Adams (Massachusetts)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
North Adams
Shahar
Skyline of North Adams
42°42′3″N 73°6′33″W / 42.70083°N 73.10917°W / 42.70083; -73.10917 G OKoordinatalari: 42°42′3″N 73°6′33″W / 42.70083°N 73.10917°W / 42.70083; -73.10917 G O
Mamlakat AQSh
Asos solingan 1745-yil
Maydon 20.61 km2 (7.96 mi²)
Aholisi
 (2020)
12 961
Zichligi 637.00 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC-5
North Adams xaritada
North Adams
North Adams

North Adams (talaffuzi: Nos Adams) — AQShning Massachusetts shtatida joylashgan shahardir. U Massachusets shtatidagi Pitsfild statistik hududining bir qismidir. 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra uning aholisi 12 961 kishini tashkil qiladi[1].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosiga koʻra, North Adamsning umumiy maydoni 20.6 kvadrat mil (53.4 km2) ni tashkil qiladi, shundan 20.3 kvadrat mil (52.7 km2) quruqlik va 0.27 kvadrat mil (0.7 km2) yoki 1,31% suvdan iborat[2]. North Adams shimolda Clarksburg, sharqda Florida, janubda Adams va gʻarbda Williamstown bilan chegaradosh.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Main Streetdagi uy

2010-yilgi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra[3], shaharda 13 708 kishi, 5 652 xonadon va 3 156 oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi — har kvadrat milga 665,4 nafar kishi (257,2/km²). Shaharning irqiy tarkibi 93% oq tanli, 1,8% afro-amerikalik, 0,4% tubjoy amerikalik, 1,1% osiyolik, 0,2% Tinch okeani orollari, 0,8% boshqa irqlardan va 2,8% ikki yoki undan ortiq irqdan. Har qanday irqga mansub ispan yoki lotin millatiga mansub aholining 2,4 foizini tashkil qilgan.

Shaharda 5 652 ta xonadon mavjud boʻlib, ulardan 23,6 foizi 18 yoshgacha boʻlgan bolalari, 38,4 foizi er-xotinlar, 12,5 foizi eri boʻlmagan, 44,2 foizi esa oilasizlar edi. Barcha uy xoʻjaliklarining 39,7 foizi jismoniy shaxslardan iborat boʻlib, 15 foizida esa 65 yosh va undan katta boʻlgan yolgʻiz yashaydiganlar bor.

Shahar aholisi yosh taqsimotiga koʻra, 21,74% 18 yoshgacha, 16,9% 18 yoshdan 24 yoshgacha, 21,4% 25 yoshdan 44 yoshgacha, 23,7% 45 yoshdan 64 yoshgacha va 16,4% 65 yosh yoki yoshi kattaroqdir. Aholining oʻrtacha yoshi 38 yosh. Har 100 ayolga 91,2 erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 ayolga 89,75 erkak toʻgʻri keladi.

Shahardagi uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 35 020 dollarni, oilaning oʻrtacha daromadi esa 90 000 dollarni tashkil etdi. Shaharning aholi jon boshiga daromadi 19 857 dollarni tashkil etdi. Oilalarning qariyb 9 foizi va aholining 22,3 foizi qashshoqlik chegarasidan past boʻlgan, shu jumladan 20 yoshdan oshganlarning 11 foizi qashshoq hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Census - Geography Profile: North Adams city, Massachusetts“. U.S. Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  2. „Geographic Identifiers: 2010 Demographic Profile Data (G001): North Adams city, Massachusetts“. U.S. Census Bureau, American Factfinder. 2020-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-dekabr.
  3. „U.S. Census website“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.