Normovolemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Organizm qon aylanish sistemasi. Qon hajmining normal holatda ta'minlanishi

Normovolemiya — patologik jarayonlarda qon umumiy hajmining meʼyoriy holatda boʻlishi[1]. Qon patologiyasi, uning umumiy hajmi oʻzgarmagan holda, qon hujayralari bilan plazma oʻrtasidagi oʻzaro nisbatning oʻzgarishlidan ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday oʻzgarishlarning ikki xili maʼlum boʻlib, ularning biri oligositemik va ikkinchisi polisitemik normovolemiyalardir.

  1. Oligositemik normovolemiya, qon yoʻqotish oqibatida paydo boʻluvchi kamqonlikda (qonning umumiy hajmi toʻqima suyuqligini tomirlar oʻzaniga oʻtishi natijasida meʼyoriylashuvi, eritrositlar sonining esa hali toʻla tiklanmaganligi oqibatida kuzatiladi), eritrositlar gemolizi zoʻrayganda, gemopoez buzilganida yuzaga keladi[2].
  1. Polisitemik normovolemiya esa bemorga uncha koʻp boʻlmagan eritrositar massa joʻnatilganida kuzatiladi.

Qon tana massasining 5-7 % qismini tashkil qiladi, uning shundan 4/5 qismi sirkulyatsiya jarayonidada qatnashadi. Gematokrit koʻrsatkich erkaklarda oʻrta 47 %,ayollarda 42 % tashkil qiladi.

Gipervolemiya — organizmdagi suyuqlik miqdorining oshishi hisoblanadi. Gipervolemiya sirkulyatsiyadagi qonning hajmining koʻpayishi 3 xil shaklda boʻladi[3].

  1. .Oddiy gipervolemiya — bunda qonning shaklli elementlari va plazma qismining koʻpayishlar miqdori teng boʻlib, qonda gematokrit koʻrsatkichi oʻzgarmaydi. Bunday gipervo­lemiya koʻpincha qisqa vaqt davom etadi. Bu jarayon qon quyganda, quyulgan qon hisobiga yoki jismoniy harakat bajarilganda depolardagi zahira qonning jalb etili­shida kuzatiladi.
  1. .Polisitemik gipervolemiya — qon shaklli elementlarining koʻpa­yishi bilan bogʻliq boʻlib, eritrotsitlar miqdorining koʻpayishi birlamchi yoki ikkilamchi boʻlishi mumkin. Ikkilamchi koʻpayishi kompensator koʻrinishida boʻlib, turli xil kasalliklarda (ma­salan, oʻpkaning surunkali kasalliklarida, yurak etishmovchiligida) yoki ba­landlikda yashovchi aholi orasida uchraydi. Birlamchi eritremiya kasalligida asosiy etiologik omil boʻlib hizmat qiladi. Polisitemik gipervolemiyada qon tahlilida gematokrit koʻrsatkich normadan yuqori boʻlishi kuzatiladi.
  1. .Oligotsitemik gipervolemiya — qon plazma qismining koʻpayishi (gid­remiya) hisobiga sodir boʻlib, bunda qon tahlilidada gematokrit[[]] koʻrsatkichi pasaygan boʻladi. Ushbu turdagi gipervolemiya koʻpincha shish bilan kuzatuluvchi kasalliklarda shish­dan qaytish davrida, buyrakning ba’zi kasalliklarida siydik ajralishining kamayishi tufayli va qonga turli suyuqliklar yuborilganda (qisqa vaqt ichida) kuzatiladi[4].

Gipovolemiya — aylanib yurgan qon sirkulyatsiyadagi qon hajmining kamayishiga hisoblanib, bu ham uch xil ko'rinishda boʻladi.

1. Oddiy gipovolemiya — bunda qonda shaklli elementlar bilan plazma­ning kamayishi bir tarzda boʻlib gematokrit koʻrsatkich normada boʻladi. Od­diy gipovolemiya bir yoʻla koʻp qon yoʻqotilganda, organizm shok holatida boʻlganda (qonning koʻp qismi sirkulyatsiyada qatnashmasligi) kuzatilishi mumkin.

2. Politsitemik gipovolemiya — qonning suyuq qismi, plazmasining kamayishi oqibatida ke­lib chiqib, organizm suvsizlanishi holatiga olib kelishi (issiqlash, koʻp terlash, qusish, tez-tez ich ketish,) kuzatiladi. Laboratoriya analizlarida gematokrit koʻr­satkichi normadan yuqori boʻlishi kuzatiladi.

3. Oligotsitemik gipovolemiya — qonning shaklli elementlarining ka­mayishi tufayli sodir boʻlib, asosan organizmda anemiya holatlari kuzatilib, bunda qon tahlilida gematokrit koʻrsatkich normaga nisbatan kamayganligi aniqlanadi. Qon yoʻqoganda:

  • a) Boshlangʻich bosqichida oddiy gipovolemiya, sir­kulyator gipoksiya, qon bosimining pasayishi kabi holatlar kuzatiladi.
  • b) Kompensator fazasi 2-xil boʻladi:
    • Tez boʻladigan mexanizm - toʻqima oraligʻidagi suyuqliklarning tashqariga chiqishi, periferik spazm, yurak tez-tez urishi, nafas olishning tez­lashuvi, toʻqimalarni kislorod miqdorining olishini tezlashishi, qon ivish vaqti tezlashishi kuzatiladi.
    • Sekin boʻladigan kompensaor faza: Qon hosil boʻlishini tezlashishi, oqsil moddalariningni tiklanishi, qonda retikulotsitlar koʻpayadi. Oqsil miqdori 8-10 kunga kelib normal holatga keladi[5].

Organizm 10 % qon yoʻqotsa qon bosim va yurak urushi oʻzgarmaydi, lekin vena bosi­mi kamayadi. 50 % — qon yoʻqotish esa odam hayoti uchun xafli hisoblanadi. 60 % — qon yoʻqotganda esa, gipovolemik shok holati kelib chiqadi. Ana shu holatlarda shoshilinch holatlar koʻrilmasa oʻlimga olib kelishi mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Normovolemia“. www.sciencedirect.com. ScienceDirect. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  2. „Normovolemia“. www.merriam-webster.com. Merriam Webster (2022-yil 3-avgust). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  3. N.H.Abdullayev. Patologik fiziologiya, 2008, Toshkent: "Yangi avldo". ISBN 978-9994-08-289-2. 
  4. „Qon aylanishining ko'payishi: gipervolemiyani qanday aniqlash mumkin? Gipervolemiya Ayollarda yurak etishmovchiligi belgilari.“. clione.ru. clione.ru sayiti. Qaraldi: 9-oktabr 2022-yil.
  5. „Qonning umumiy miqdor o’zgarishlari – normovolemiya, gipervolemiya va gipovolemiya haqida ma’lumot“. tibbiyot.info. Tibbiyot.info sayti. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2022-yil.