Norin (taom)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Norin — kirgiz, qozoq, uygur va o'zbek milliy taom. Tayyorlash usuli: qoʻy, ot yoki mol goʻshti (baʼzan, qazi) qozondagi sovuq suvga solib, keyin mildiratib (yangi mol yoki ot goʻshti 1 — 1,5 soat, sur ot goʻshti 2 soat) qaynatiladi. Soʻngra sovitilib somoncha shaklida mayda toʻgʻraladi. Oshhamir yupqa 0,8—1 mm qilib yoyilib 10x10 sm, 10x5 sm li shapaloqlar kesiladi. Hamir goʻsht shoʻrvasida pishirib olinadi va bir oz sovitilgach, har bir shapaloq betiga dogʻlangan paxta yogi (yoki qazi yogʻi) surtilib, laganlarga ustma-ust taxlanadi. Soʻng shapaloq hamir pilta qilib (3,5—4 sm) kesilib, mayda qilib toʻgʻraladi. Toʻgʻralgan goʻsht hamir bilan aralashtiriladi. Bunday norin quruq norin deb atalib, taqsimchalarga solib, yuziga zirapiyoz va 1—2 parrak qazi qoʻyib, yaxna taom sifatida dasturxonga tortiladi. Norin hamir pishirishdan avval olib qoʻyilgan goʻsht shoʻrvasi hamda piyoz qoʻshib qam isteʼmol qilinadi (xoʻl norin). Bunday norin kosalarda dasturxonga tortiladi. Norin eng qadimiy taomlardan hisoblanib, oʻtmishda chorvador qabilalar oʻrtasida keng tarqalgan.

Ad.h Mahmudov K., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil