Kontent qismiga oʻtish

Nora Gjakova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nora Gjakova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Kosovo bayrogʻi Kosovo
Tavallud sanasi 1992-yil 17-avgust (1992-08-17) (34 yosh)
Gjakova, Yugoslaviya
Vazni 57 kg gacha
Sport
Qaysi sport dzudo
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
OltinTokio 202057 kg
Dzudo boʻyicha Jahon chempionati
BronzaBudapesht 202157 kg
Yevropa oʻyinlari
BronzaBoku 201557 kg
KumushMinsk 201957 kg
Dzudo boʻyicha Yevropa chempionati
BronzaQozon 201657 kg
BronzaVarshava 201757 kg
OltinTel-Aviv 201857 kg
BronzaLissabon 202157 kg

Nora Gjakova (tugʻ. 1992-yil 17-avgust, Gjakova, Yugoslaviya) — kosovolik dzudochi, 57 kg gacha vazn toifasida, Kosovo terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, Yevropa chempioni, Yevropa oʻyinlari va Jahon chempionati gʻolibi.

1992-yil 17-mayda Nora Gjakova tugʻilgan. Akil Gjakovning ukasi kosovolik dzudochi, Yevropa chempioni.

Yevropaning uch karra bronza medali sohibi (2015, 2016, 2017)[1]. 2016-yil 21-aprelda Qozon shahrida (Rossiya) oʻtkazilgan dzudo boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. Oʻsha yili u Rio-de-Janeyrodagi (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u atigi 9-oʻrinni egalladi.

2018-yilda Tel-Avivda (Isroil) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 57 kg gacha boʻlgan vazn toifasidagi Nora Gjakova finalda germaniyalik dzudochi Theresa Stollni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].

2019-yilda Minskda (Belarus) boʻlib oʻtgan Yozgi Yevropa oʻyinlarida 57 kg gacha boʻlgan vazn toifasida u finalda rossiyalik sportchi Darya Mejetskayaga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[4].

2021-yilning aprel oyida Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Nora soʻnggi jangida gruziyalik sportchi Eteri Liparteliani magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2021-yil iyun oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Nora Gjakova 57 kg gacha vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kurashda serbiyalik sportchi Marika Perishichni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[5].

2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida sportchi 57 kg gacha vazn toifasidagi final jangida fransiyalik Sarah-Léonie Cysiqueni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].

  1. ↑ https://www.judoinside.com/judoka/52299/Nora_Gjakova/judo-career
  2. ↑ „IJF live results“. 2018-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyun.
  3. ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  4. ↑ https://minsk2019.by/ru
  5. ↑ „Грузинский дзюдоист Лаша Шавдатуашвили стал чемпионом мира“ (ru). Спорт РИА Новости (8-iyun). 2021-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyun.
  6. ↑ https://www.olympedia.org/athletes/130985