Nomaʼlum ayol maktubi
Nomaʼlum ayol maktubi | |
---|---|
Der Brief einer Unbekannten | |
![]() „Nomaʼlum ayol maktubi“ asarining Neuen Freien Presse jurnalida ilk bor nashr etilishi | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Janr | Qissa |
Muallif | Stefan Zweig |
Orginal tili | Nemischa |
Yozilgan sana | 1922-yil 1-yanvar |
Nashriyot | Neuen Freien Presse jurnali |
„Nomaʼlum ayol maktubi“ (nemischa: Der Brief einer Unbekannten ) – avstriyalik yozuvchi Stefan Zweigning qissasi. Asar dastlab 1922-yil 1-yanvarda Vena shahrining Neuen Freien Presse gazetasida chop etilgan[1]. Shuningdek, 1922-yilda Insel nashriyoti tomonidan nashr etilgan „Amok: Novellen einer Leidenschaft“ toʻplamining bir qismi sifatida kitob shaklida nashr qilingan[2]. Qissada, muallif oʻzi eslay olmaydigan ayol tomonidan yozilgan xatni oʻqiyotganida, shu ayolning hayot hikoyasidan lavhalarni ilgʻab olishi tasvirlanadi[3]. Ushbu qissa Zweigning eng mashhur badiiy asari sifatida eʼtirof qilinadi[4][5][6].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur va boy yozuvchi (R.) taʼtilidan Venaga qaytib kelganida, notanish bir ayoldan uzun maktub kelgan boʻladi. Ayol maktubida quyidagi voqealarni hikoya qilgan edi: u yoshligida beva qolgan onasi bilan yozuvchining qoʻshnisi boʻlib yashagan. U nafaqat qoʻshnisining hashamatli hayot tarziga, balki chiroyli va maftunkor boʻlgan yozuvchiga ham oshiq boʻlib qolgan edi. Uning yozuvchiga boʻlgan muhabbati vaqt oʻtishi bilan soʻnmadi: na yozuvchining turli ayollar bilan boʻlishi, na oilasi bilan boshqa shaharga – Insbrukka koʻchishi, na onasining qayta turmush qurishi bunga taʼsir qildi.
Ayol 18 yoshida yana Venaga qaytib, ishga joylashdi va yozuvchi bilan uchrashishga harakat qildi. Biroq yozuvchi uni tanimadi. Shunday boʻlsa-da, u ismini aytmay, yozuvchi bilan uch kecha birga boʻlishga muvaffaq boʻldi. Ammo shundan soʻng yozuvchi uzoq taʼtilga ketib, yana gʻoyib boʻldi. Ayol homilador boʻldi, ishsiz qoldi va bola tugʻish uchun kambagʻallar boshpanasiga borishga majbur boʻldi. U farzandining yaxshi hayot kechirishi uchun turli boylar bilan uchrashib yurdi yoki ular bilan yashadi, ammo hech qachon turmushga chiqmadi. Chunki uning yuragi faqat yozuvchiga oshiq edi.
Yillar oʻtib, bir kuni u sevgilisi bilan tungi klubga bordi va u yerda yozuvchini koʻrib qoldi. Oʻsha kecha u sevgilisini tashlab, yozuvchi bilan uyiga ketdi. Biroq yozuvchi yana uni tanimadi va u uchun shunchaki bir kechalik hamroh boʻldi.
1918-yilgi gripp pandemiyasida ayolning oʻgʻli vafot etdi. Oʻzi ham kasal boʻlib, oʻlim oldidan yozuvchiga xat yozdi. Bu xat uning hayoti va yuragida faqat bitta inson – yozuvchi boʻlganini hikoya qilardi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Larcati, Arturo; Renoldner, Klemens; Wörgötter, Martina. Stefan-Zweig-Handbuch (de). Berlin & Boston: De Gruyter, 2018 — xii, 198–200-bet. ISBN 9783110303889.
- ↑ Klawiter, Randolph J.. Stefan Zweig: A Bibliography. Chapel Hill: University of North Carolina Press, 1965 — 6,14-bet.
- ↑ Zweig, Stefan. Letter from an Unknown Woman and Other Stories. Steerforth Press, 2013-01-29. ISBN 978-1-78227-009-6.
- ↑ Gilbert, Peter (1982). "The World of Yesterday". The Jewish Quarterly 30 (1-2): 59. https://books.google.com/books?id=IyguAQAAIAAJ.
- ↑ Twentieth-Century Literary Criticism: Excerpts of Criticism of the Works of Novelists, Poets, Playwrights, Short Story Writers, and Other Creative Writers Who Died Between 1900 and 1960. Detroit, Michigan: Gale Research, 1985 — 429, 454-bet. ISBN 0810302314.
- ↑ Seinfelt, Mark. Final Drafts: Suicides of World-Famous Authors. Prometheus Books, 1999 — 165-bet. ISBN 9781615926640.