Noktyurn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Noktyurn (frans. nocturne — tungi) — 1) 18-asr Yevropada, asosan, puflama yoki torli va puflama sozlar ansambllari uchun kechki ochiq havoda ijro etiladigan syuita shaklidagi kichik pyesalar turkumi (Mas, V. Motsart, Y. Gaydn asarlari); 2) 19-asrdan kuychan, lirik harakterdagi, koʻpincha tun ob-razi va sokinligi bilan yoʻgʻrilgan musiqa asari. Sekin yoki oʻrtacha surʼatda boʻlib, oʻrta qismi jonliroq. N.ning ilk namunasi fortepiano uchun J. Fild (Angliya) tomonidan yaratilgan, F. Shopen ijodida yetuk badiiy rivoj topgan. N. ayrim cholgʻular, shuningdek, ansambl (A. Borodinning 2-torli kvartetidagi N.), orkestr (Mas, K. De-byussining N.lari) uchun ham yozilgan. N. baʼzan vokal musiqada ham uchraydi (J. Rossini, M. Glinka va boshqalar). Oʻzbekiston kompozitorlaridan A. Kozlov-skiyning "Lola" Fargona syuitasida, G. Mushelning "Kashmir afsonasi" ba-letidagi N.; X. Izomov, B. Zeydman, S. Varelaslarning fortepiano pyesalari, I. Akbarov, M. Yusupovlarning vokal asarlaridan N. va uning xususi-yatlaridagi lavhalar oʻrin olgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil