Nodir Devonbegi madrasasi (Samarqand)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nodir devonbegi madrasasiSamarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (163031). Nodir devonbegi mablagʻiga qurilgan. Xoja Ahror xonakoxi yonida joylashganligidan baʼzan xalq orasida Xoja Ahror madrasasi hamda quyosh va sherlar tasviri tushirilgani uchun kichik Sherdor Madrasa nomi bilan ham yuritiladi. Nodir Devonbegi madrasasi (Samarqand)m. bir qavatli, hovlisining 2 tomonida ayvon, hujralar, masjid va darsxona joylashgan. Bosh tarzidagi peshtoq ayvon bezaklariga oʻzaro uygʻunlashtirib feruza, yashil va sariq ranglarda mayda va jimjima-dor naqshlar bilan nafis bezatilgan. Gumbaz osti toqi va bagallari bezagida ustaning ijodiy erkinligi koʻzga tashlanadi. A. Haqqulov boshchiligida taʼmirlangan (1980).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil