Nodir
Qiyofa
Nodir | |
---|---|
(arabcha: نادر) | |
Jins | erkak |
Etimologik maʼnosi | siyrak; kam uchraydigan, kamyob |
Ota ismi |
Nodir oʻgʻli, Nodirovich Nodir qizi, Nodirovna |
Ayollar uchun shakli | Nodira |
Yasama shakllari | Nodirbek, Nodirjon, Nodirxon, Nodirshoh |
Chet tillardagi oʻxshashliklar |
arabcha: نادر |
Bogʻliq maqolalar: |
Nodir (arabcha: نادر — siyrak; kam uchraydigan, kamyob) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy shaxsiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nodir devonbegi — buxorolik siyosatchi, oʻzbeklarning Orlot urugʻidan boʻlgan moliya vaziri;
- Nodirshoh — Afshorlar sulolasi asoschisi. Kavkazdan Hind daryosigacha boʻlgan hududda imperiya tashkil qilgan.
Davlat arboblari va siyosatchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nodir Abbosov — Sovet Ozarbayjon partiyasi rahbari, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1976);
- Nodir Jumayev — oʻzbek moliyachisi, iqtisod fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi;
- Nodirbek Tilavoldiyev — oʻzbek boshqaruvchisi va siyosatchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi;
- Nodirjon Abduvaliev — oʻzbek siyosatchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati;
- Nodirshoh Muhammad — Afgʻoniston podshosi (1929—1933); 1973-yilgacha Afgʻonistonda hukmronlik qilgan sulola asoschisi.
Fan arboblari va olimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nodir Haydarov — oʻzbek nevrologi, stomatologi, dotsenti va tibbiyot fanlari doktor;
- Nodir Jonuzoq — shoir, muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi, „Shuhrat“ medali hamda Doʻstlik ordeni sohibi;
- Nodirbek Yusufbekov — oʻzbekistonlik kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzosi, akademik (2000). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Texnika fanlari doktori (1971), professor (1973);
- Nodirxon Hasanov — oʻzbekistonlik adabiyotshunos, tasavvufshunos olim, Filologiya fanlari nomzodi (1999).
Sanʼatkorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nodirbek Primqulov — oʻzbek estrada xonandasi va aktyori.
Sportchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nodir Abdurazzoqov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodir Davlatov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodir Eliboyev — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodir Sanoqulov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodir Yoʻldoshev — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodirbek Abduholiqov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodirbek Abdusattorov — oʻzbekistonlik shaxmatchi, xalqaro toifadagi grossmeyster;
- Nodirbek Mukarov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodirbek Qoʻziboyev — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodirbek Yoqubboyev — oʻzbekistonlik shaxmatchisi, grossmeyster;
- Nodirjon Mirzaahmedov — oʻzbek bokschisi;
- Nodirjon Orziqulov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodirjon Soyibov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodirxon Habibullayev — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodirxon Kamolov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Nodirxon Neʼmatxonov — oʻzbekistonlik futbolchi.
Boshqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nodir Salifov — ozarbayjonlik jinoyatchilar boshligʻi. U Ozarbayjon jinoyat olamidagi eng boy jinoyatchilardan biri hisoblangan.
Familiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„N“ harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati (PDF), 3-jild, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022 — 844-bet. ISBN 978-9943-8834-6-8.
![]() | Ism haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |