Noah Dobson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Noah Dobson
Dobson 2019-yilda
Tugʻilgan joyi 7-yanvar 2000-yil (2000-01-07) (24 yosh)
Summerside, Shahzoda Eduard oroli, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 195 lb (88 kg; 13 st 13 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
NHL New York Islanders
NHLga kirish drafti 12-oʻrin, 2018
New York Islanders
Jamoalardagi faoliyat 2019—hozirgacha

Noah Dobson (talaffuzi: Noah Dobson; 2000-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — Kanadalik professional xokkey himoyachisi, Milliy Xokkey Ligasining (NHL) New York Islanders jamoasida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Dobson Quebecning Lennoxville shahridagi Bishop kolleji maktabiga borish uchun uyini tark etgan va xokkey jamoasiga qoʻshilgan. U 2014—2015-yilgi mavsumni maktab jamoasida oʻtkazgan va Katta Toronto Xokkey Ligasining Don Mills Flyers jamoasiga qoʻshilish niyatini bildirgan. Ammo oxir-oqibat Avstriyadagi Red Bull Salzburg EC akademiyasiga ishga qabul qilingan. U Avstriyada bir mavsum oʻtkazgan va Kanadaga qaytishdan oldin sobiq NHL oʻyinchisi Brian Savage (uning oʻgʻli ham Red Bullga qoʻshildi) bilan birga yashagan[1].

Dobson 2016-yilgi QMJHL draftida Acadie-Bathurst Titan jamoasi tomonidan birinchi bosqichda, oltinchi umumiy tanlovda tuzilgan jamoa roʻyhatida boʻlgan[2]. Ligadagi eng yaxshi himoyachilardan biri hisoblangan Dobson 2017—2018-yilgi QMJHL Birinchi Yulduzlar jamoasiga qoʻshilgan[3]. U, shuningdek, 69 ochko bilan ligada himoyachilar orasida ikkinchi oʻrinni egallagan. Doimiy mavsumni yakunlaganidan soʻng esa u mart oyidagi NHL oyining himoyachisi deb topilgan[4]. Mavsum oxirida Dobson liganing eng yaxshi himoyachisi sifatida Emile Bouchard Trophy sovriniga nomzod boʻlgan[5].

2018-yil 22-iyunda Dobson New York Islanders jamoasi tarkibiga 2018-yilgi NHLga kirish draftida 12-oʻrinda tanlangan[6]. 13-avgust kuni Islanders jamoasi Dobson bilan 3 yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagan[7].

2018—2019-yilgi mavsumda Dobson Titans jamoasining sardori etib tayinlangan[8]. Titanlar jamoasini qayta tiklash uchun 28 oʻyinda 16 ochko toʻplagan Dobson 2019-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun Rouyn-Noranda Huskies jamoasiga almashtirilgan[9]. Huskies bilan Dobson ketma-ket ikkinchi marta Memorial kubogini qoʻlga kiritganlar.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Muntazam mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2016—2017 Acadie-Bathurst Titan QMJHL 63 7 19 26 40 11 0 5 5 2
2017—2018 Acadie-Bathurst Titan QMJHL 67 17 52 69 52 20 3 10 13 24
2018—2019 Acadie-Bathurst Titan QMJHL 28 9 7 16 36
2018—2019 Rouyn-Noranda Huskies QMJHL 28 6 30 36 24 20 8 21 29 20
2019—2020 New York Islanders NHL 34 1 6 7 8 1 0 0 0 0
2020—2021 New York Islanders NHL 46 3 11 14 8 19 0 7 7 0
2021—2022 New York Islanders NHL 80 13 38 51 18
NHLdagi ochkolari 160 17 55 72 34 20 0 7 7 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2016 Canada Red U17 6 5 0 0 0 2
2017 Canada IH18 1st 5 0 3 3 0
2019 Canada WJC 6 5 1 0 1 2
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 15 1 3 4 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nugent-Bowman. „The Road Less Travelled“. Sportsnet (17-iyul 2018-yil). Qaraldi: 5-iyun 2020-yil.
  2. „Titan select Dobson, trade Brisebois“. en.letitan.com (4-iyun 2016-yil). Qaraldi: 22-aprel 2018-yil.
  3. „Armada star Alex Barre-Boulet named QMJHL MVP; Zadina top prospect“ (en-US). National Post (2018-yil 5-aprel). Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  4. „Dobson receives QMJHL award“. Journal Pioneer (26-mart 2018-yil). Qaraldi: 22-aprel 2018-yil.
  5. „2018 Golden puck Awards: the nominees are revealed“. theqmjhl.ca (29-mart 2018-yil). Qaraldi: 22-aprel 2018-yil.
  6. „Islanders Select Dobson“. NHL.com (22-iyun 2018-yil). Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
  7. „Dobson Agrees to Terms on Three-Year, Entry-Level Contract“. NHL.com (13-avgust 2018-yil). Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
  8. „Dobson named Titan captain“. The Guardian (26-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2019-yil.
  9. „Noah Dobson sera échangé aux Huskies“ (French). rds.ca (17-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2019-yil.