Kontent qismiga oʻtish

Noʻgʻaylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(No'g'aylardan yoʻnaltirildi)

Noʻgʻaylar, noʻgʻay (XIII asrdagi Oltin Oʻrda xoni Noʻgʻay nomi bilan bogʻliq) — xalq, Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasi, Dogʻiston, Checheniston, Ingushiston, Qorachoy-Cherkasiyaning Respublikalarida yashaydilar (75,2 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Oʻzbekistonda juda ozchilikni tashkil etadi.

No‘g‘aylarning qora noʻgʻay (Dogʻiston), noʻgʻay yoki achiquloq (Stavropol oʻlkasi), oq noʻgʻay yoki kuban noʻgʻaylari (Qorachoy-Cherkasiya) va Hojitarxon noʻgʻaylari kabi etnik guruhlari mavjud. Janubiy Sibir (Turon) oʻtish irqiga mansub. Noʻgʻay tilida soʻzlashadilar. Dindorlari - sunniy musulmonlar. No‘g‘aylarning ajdodlari Noʻgʻay tasarrufidagi hududlarda yashagan turk-moʻgʻul qabilalari hisoblanadi. Ular Yoyiqdan to Dneprgacha, jumladan, Shimoliy Kavkaz, Quyi Volga, Qrimda koʻchib yurganlar. Dashti Qipchoqda qipchoqlar bilan aralashib turkiy tilni qabul qilishgan.

Qalmoqlar Etilning (Volganing) hududiga ko‘chib kela boshlagach, No‘g‘aylarni g‘arbga, jumladan, Qavqazning hududiga siqib chiqargan.

Oʻtmishdagi anʼanaviy mashgʻulotlari — koʻchmanchilik va yaylov chorvachiligi (qoʻy, echki, yirik shoxli mol), tuyachilik, otchilik, qisman dehqonchilik boʻlgan. Hunarmandchilikda movut tayyorlash, charm va qoʻy terisini qayta ishlash, kigiz bosish va undan chakmon, etik, bosh kiyimlarni tikish, ayniqsa, keng rasm boʻlgan.

Taniqli No‘g‘aylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Edigü - No‘g‘aygi O‘rdaning asoschisi.
  • Ismoil Mirzo.
  • Shal-Kiyiz Tilenshi-uli - jirov, 15-asr.
  • Asan Qayg‘i[1].
  • Gadjiyeva S. Sh., Materialnaya kultura nogaysev v XIX — nach. XX v., M., 1976; Gadjiyeva S. Sh., Ocherki semi i braka u nogaysev v XIX — nach. XX v., M, 1979.

Ochil Boʻriyev.[2]

  1. ↑ В. В. Трепавлов: История Ногайской Орды; 2002-yil; 22-bet.
  2. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Noҡgҡaylar

Ногайлар

[[Fayl:|300px]]

Umumiy aholi soni

120,000 yaqin

Katta aholiga ega mintaqalar
 Rossiya:104,000
 Qozogʻiston17,263
 Oʻzbekiston3,707
Tillar
No'g'ay tili
Rus tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
Qoraqalpoqlar, Qozoqlar