Golmiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nodan yoʻnaltirildi)
67
Гольмий
Ho
164,9303
4f116s2

Golmiy (lot. Holmium), No - Mendeleyev davriy sistemasi III guruhining lantanoidlar turkumidagi kimyoviy element. Atom raqami 67, atom massasi 164,94. Birgina barqaror izotopi 65No bor. 1879-yilda shved kimyogari Golmiy Kleve kashf etgan. Golmiy Yer poʻstining massa jihatdan 1-10~4% ini tashkil qiladi. Tabiatda ittriy guruhchasi elementlari bilan birga uchraydi. Golmiy— oqish kulrang metall. 1428° gacha geksogonal panjarali a-No (zichligi 8,799 g/sm3) holatda, 1428° dan yuqori temperaturada esa kubik panjarali, suyuqlanish temperaturasi 1470°, qaynash temperaturasi 2707°, zichligi 8,82 g/sm3 r-No holatda barqaror. Ferromagnetik, mexanik ishlovga oson beriladi. Havoda -20° da sekin, 100° dan yuqori temperaturada tez oksidlanadi. Mineral kislotalar (ftorid kislotadan tashqari) taʼsir ettirilganda No3+ tuzlarini qosil qiladi; ishqorlar taʼsiriga berilmaydi. Qizdirilganda N2, H2, S12, J2 va Gʻ2 bilan reaksiyaga kirishadi. Golmiy NoGʻ3 ni kalsiy bilan qaytarib olinadi. Golmiyning birikmalari kimyo va yengil sanoatda, lok va boʻyoklar, katalizatorlar, fotoreagentlar tayyorlashda, qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarning oʻsish jarayonini tezlashtiradigan oʻgʻit sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil