Nizomiy Hoʻqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nizomiy xoʻqandiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nizomiddin Muhammadaminxoʻja oʻgʻli) (17-asr oxiri — 18-asr boshi) — shoir. Buxoroda tahsil koʻrgan. N.X.dan falsafiy mazmundagi "Majmuat ul-maqosid" ("Maqsadlar majmuasi") nomli kitob, 300 ga yaqin gʻazal va muhammaslardan iborat sheʼrlar toʻplami qolgan. Uning ayrim sheʼrlari toshbosma usulda bosilgan bayozlarda ham uchraydi. N.X. asarlarida oʻz zamonidagi illatlarga nafrat koʻzi bilan qaraydi, insoniy tuygʻularni, muhabbat va sadoqatni uluglaydi. Sheʼrlari ravon, sodda tidda yozilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qayumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil