Nizomiddin ahmad hirotiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nizomiddin ahmad hirotiy (1549—94) — hind tarixchisi. Akbar davrida yuqori harbiy lavozimlarni egallagan, 1585-yil Gujarotda baxshi (ar-miyaning bosh intendanti), 1593-yildan davlat baxshisi. "Tabaqoti Akbariy" nomli katta asar muallifi (1593-yil yozib tugatilgan), unda 30 ga yaqin turli manbalardan foydalanilgan. Asarda boburiy podshoh Akbar hukmronligi tarixi bilan bir qatorda Gʻazni, Gʻur, Dexli sultonlari, Bahmaniylar davlati, Gujarot sultonligi, Malva, Bengaliya, Sind, Kashmir va Hindis-tondagi boshqa musulmon davlatlari tarixi bayon etilgan [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil