Nizomiddin Bakirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Nizomiddin Bakirov
Nizomiddin Bakirov.jpg
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi
Mansabda
2017-yil 27-may — 
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisi
Mansabda
2005-yil — 2017-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-dekabr 1968-yil (1968-12-30) (52 yosh)
Marhamat tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR
Maʼlumoti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti

Nizomiddin Jalilovich Bakirov (tur. 1968-yil 30-dekabr, Marhamat tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek geodezisti va davlat arbobi. 2005-yildan 2017-yilgacha yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan. 2017-yil 27-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nizomiddin Bakirov Jalilovich 1968-yil 30-dekabrda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tugʻilgan. 1986-1993-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi boʻlgan. 1987-1988-yillarda armiyada xizmat qilgan[1].

Mehnat faoliyatini 1993-yilda Andijon viloyati yer resurslari boshqarmasida yer ekspeditsiyasining er tuzish muhandisi sifatida boshlagan. 1995-yildan 1999-yilgacha Andijon viloyati yer resurslarini boshqarish bilan shugʻullangan. 1999-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat resurslari qoʻmitasi raisining yordamchisi, 2000-yildan boshlab Jizzax viloyati yer resurslari boshqarmasi boshligʻi. 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzdaverloyiha“ davlat yer tadqiqot loyihalash institutining Samarqand boʻlimini boshqargan. 2002-yildan 2004-yilgacha Samarqand, Sirdaryo va Andijon viloyatlari yer resurslari boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan.

2005-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan[2].

Nizomiddin Bakirov 2017-yil 27-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi etib tayinlandi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]