Kontent qismiga oʻtish

Nizom Nortojiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nizom Nortojiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nizom Normatovich Nortojiyev
Tavallud sanasi 13-mart 1955-yil
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR SSSR
Vafot sanasi 16-dekabr 2015-yil(2015-12-16)
(60 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Ampluasi Hujumchi, yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1972 Paxtakor 1 (0)
1973 Yangiyer ? (0)
1973—1974 Paxtakor 0 (0)
1976—1978 Yangiyer ? (7)
1979 Shahrixanets ? (5)
1979—1981 Paxtakor 50 (6)
1981 Dinamo (Samarqand) 8 (0)
1984—1986 Sohibkor 86 (7)
1986—1988 Paxtakor 76 (5)
1989 Spartak (Andijon) 11 (0)
1990 Soʻgʻdiyona 15 (0)
1990 Geolog (Qarshi) 14 (0)
1991 Sohibkor 32 (0)
1991 MHSK 4 (0)
Boshqargan klublari
1991 Sohibkor
1992 Baxt
1994 Gʻazalkent
2006—2007 Oqtepa
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nizom Normatovich Nortojiyev (1955-yil 13-mart — 2015-yil 16-dekabr) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan. Oʻzbekiston futbol klublarida bosh murabbiy va yordamchi murabbiylik qilgan.

Ota-onasi urush paytida bir sanitariya poyezdida xizmat qilayotganlarida tanishib qolishgan. Onasi hamshira Aleksandra Kiselyova (Nortojiyeva). Ikki akasi va bir ukasi boʻlgan.

12 yoshidan Toshkent yoshlar futbol maktabida murabbiy Sergey Arutyunov qoʻl ostida shugʻullana boshlagan. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972—1975-yillarda „Paxtakor“ klubining oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida faoliyat olib borgan. 1972-yilda Paxtakor jamoasi safida birinchi ligada bitta oʻyin oʻtkazgan, 1973-yilda esa ikkinchi ligada „Yangiyer“ jamoasi sharafini ham himoya qilgan. 1976—1978-yillarda „Meliorator“/"Yangiyer", 1979-yilda „Shahrixonchi“ jamoalarida maydonning barcha pozitsiyalarida toʻp surgan. „Sovetskiy sport“ nashri maʼlumotlariga koʻra, 1979-yilda markaziy himoyachi sifatida oʻynab, 15 ta gol urgan[1] (statistik saytlar maʼlumotlariga koʻra esa — 5 ta gol).

1979-yilda „Paxtakor“ safida SSSR oliy ligasida debyut qilib, toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. 1980-yilda 30 ta oʻyinda oltita gol urgan. 1981-yilda 16 ta oʻyin oʻtkazgach, Samarqandning ikkinchi liga jamoasi „Dinamo“ klubi safiga oʻtgan. Ikki yil davomida maydonga tushmagach, faoliyatini quyi liga klublari — Xalqobodning „Sohibkor“ (1984—1986), „Paxtakor“ (1986—1988), Andijonning „Spartak“ (1989), Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ va Qarshining „Geolog“ (1990), „Sohibkor“ (1991) jamoalarida davom ettirgan. 1991-yil iyun oyidan „Sohibkor“ jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston chempionatida: „Baxt“ (1992) bosh murabbiyi, MHSK (1993) safida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan, „Gʻazalkent“ (1994), „Oqtepa“ (2006—2007) klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

2015-yil 16-dekabrda vafot etgan[2][3].

Toshkentda Nizom Nortojiyev nomidagi futbol maktabi ochilgan[4][5]. Nortojiyev nomidagi futbol festivali tashkil etilgan[6].