Nizar Issaoui
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 30-sentyabr 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Haffouz, Tunis | ||
Vafot sanasi |
13-aprel 2023-yil (35 yoshda) | ||
Vafot joyi | Ben Arous, Tunis | ||
Boʻyi | 1.92 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2013 | Grombalia Sports | ||
2013-2014 | LPS Tozeur | 11 | (5) |
2014 | US Monastirienne | 18 | (8) |
2014-2015 | AS Gabès | ||
2015 | Al-Orobah | ||
2015-2016 | EGS Gafsa | 7 | (1) |
2016 | LPS Tozeur | ||
2016-2018 | SA Menzel Bourguiba | ||
2018-2019 | CS Jebiniana | ||
2019 | AS Jilma | ||
2019-2022 | ES Haffouz | ||
2022-2023 | US Ksour Essef | ||
2023 | ES El Jem | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Nizar Issaoui (1987-yil 30-sentyabr – 2023-yil 13-aprel) – tunislik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan[1].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Issaoui 2011-yil 24 yoshida Tunis ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi Grombalia Sports klubi bilan oʻzining birinchi shartnomasini imzolagan va klubning oliy ligaga koʻtarilishiga oʻz hissasini qoʻshgan[2].
2012-yilda Issaui va Grombalia Sports klubining yana bir oʻyinchisi Nosir Chabani Liga 2 oʻyini davomida politsiya xodimlariga hujum qilish, ularni haqorat qilish va jamoat tartibini buzishda ayblanishgan. Bu voqea oqibatida Issaui bir necha oy qamoqda oʻtirishga majbur boʻlgan[2]. 2013-yilda Issaoui Tozeur klubi bilan shartnoma imzoladi. Issaoui 2013-14-yilgi mavsumda klub tarkibida 11 ta oʻyinda maydonga tushdi va beshta gol urdi[3]. 2013-yil Club Africain, Étoile Sportive du Sahel va CA Bizertin klublari unga qiziqish bildirgan[2]. 2014-yilda Issaoui Monastir bilan shartnoma imzolagan[4]. Issaoui klub safida oʻn sakkizta oʻyinda maydonga tushgan, bir marta gol urgan va bir marta golli uzatma bergan[5]. Biroq oʻsha yilning oxirida Issaoui intizomiy muammolar tufayli yoshlar akademiyasiga oʻqishga yuborilgan[6]. 2015-yilda Issaoui Saudiya Arabistonining Al-Oroba klubi bilan shartnoma imzolagan[7]. Shundan soʻng Issaoui Tunisning Gafsa klubi oʻtgan va u yerda yettita oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan[8].
Milliy terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilda Tunisning milliy terma jamoasi Issaouiga qiziqish bildirdi[9]. Ammo Issaoui milliy terma jamoa safida oʻynamagan. Uning aytishicha, bu uning hibsga olinishi bilan bogʻliq[2].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 13-aprelda Issaui Tunis „politsiya davlati“ (Politsiya davlati shunday davlatni anglatadiki, unda hukumat muassasalari fuqarolik jamiyati va shaxsiy erkinliklar ustidan nihoyatda kuchli nazorat qiladi) boʻlgani sababli norozilik bildirish maqsadida oʻzini yondirib yuborgan va buning oqibatida vafot etgan[10]. Uning dafn marosimi paytida namoyishchilar politsiyaga tosh ota boshlaganlar, politsiya esa bunga javoban koʻz yoshi gazi ishlatgan[11].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Issaouining toʻrt nafar farzandi bor[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qu'est-il resté de Nizar?“. lapresse.tn (2023-yil 16-aprel).
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Retour sur le parcours de Nizar Issaoui“. jeuneafrique.com (2023-yil 19-aprel).
- ↑ „جريدة توزر ترفض تسريح " نزار العيساوي " لفريق سعودي مقابل 100 ألف دولار“. tunisien.tn.
- ↑ „Nizar Issaoui transféré à l'US Monastir“. turess.com.
- ↑ „la fin tragique de Nizar Issaoui“. sportnewsafrica.com (2023-yil 14-aprel).
- ↑ „Nizar Issaoui: Personne ne m'a demandé de reprendre l'entrainement“. jawharafm.net.
- ↑ „بعد تعاقده مع العروبة السعودي: نزار العيساوي يسجل في أول ظهور بقميص فريقه الجديد“. hakaekonline.com (2023-yil 11-dekabr).
- ↑ „3 Fakta Nizar Issaoui“. sport.tempo.co (2023-yil 15-aprel).
- ↑ „" ليكينز " يستدعي " نزار العيساوي " للمنتخب“. tunisien.tn.
- ↑ „Tunisian footballer dies after setting himself on fire in 'police state' protest“. The Observer. theguardian.com. Agence France-Presse (2023-yil 15-aprel).
- ↑ 11,0 11,1 „Nizar Issaoui: Protests at funeral of Tunisian footballer who set himself on fire“. BBC News (2023-yil 15-aprel).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nizar Issaoui Soccerway saytida