Niyozbuvi Davlatova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Niyozbuvi Davlatova
Tavalludi 1923-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Niyozbuvi Davlatova (1923-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1955)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niyozbuvi Davlatova 1923-yil Past Dargʻom tumanida tavallud topgan. Davlatova Past Dargʻom tumanidagi „Oliy Sovet“ kolxozida tabelchi (1939—1947), Kalinin nomli kolxozda zveno boshligʻi (1947—1951), „22-partsyezd“ kolxozida kichik yoshdagi bolalar bogʻchasi mudirasi (1951—1955), brigadir (1955—1958), rais muovini (1958—1959), Poʻlatchi qishloq sovetining raisi (1959), „Moskva“ kolxozida partiya tashkilotining kotibi (1960), partiya qoʻmitasining instruktori (1961—1962), „Pravda“ kolxozining raisi (1963—1964), brigadir (1965—1967), 1968-yildan Telman qishloq sovetining raisi boʻlib ishlagan. Davlatova rahbarligidagi brigada 82 gektar maydondan oʻrtacha 38,5 sentner paxta yetishtirgan (1956)[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1972, s. 527
  2. OʻzSE 1972, s. 528

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, III tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1973 — 640 bet.