Niyozbekqalʼa
Jump to navigation
Jump to search
Niyozbekqalʼa — Chirchiq daryosining oʻng qirgʻogʻidagi qalʼa harobasi. Toshkent va uning atrofini suv bilan taʼminlovchi qad. irrigatsiya inshooti — Boʻzsuvni dushmandan himoya qilish uchun qurilgan. N.ni 1935 yilda V.D.Jukov tekshirgan, lekin arxeologik qazish oʻtkazilmagan. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlib, 2 m balandlikdagi koʻtarma xandaq bilan oʻralgan. N.ning ustki qismidan Qoʻqon xonligi (19-asr) davriga oid materiallar topildi. General M.G.Chernyayev boshchiligidagi podsho qoʻshinlari Toshkent shahrini qamal qilgan payt (1865)da xa-robaga aylantirilgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |