Nino Ramishvili
| Nino Ramishvili | |
|---|---|
| Tavalludi |
19-yanvar 1910-yil |
| Vafoti |
6-sentyabr 2000-yil (90 yoshda) Tbilisi, Gruziya |
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Transcaucasian Democratic Federative Republic, Gruziya Demokratik Respublikasi, SSSR va Gurjiston |
| Kasbi | balerina, xoreograf |
Nino Shalvovna Ramishvili (gruzincha: ნინო შალვას ასული რამიშვილი; 1910-yil 19-yanvarda tugʻilgan – 2000-yil 6-sentyabrda vafot etgan) – sovet va gruzin balet raqqosasi, xoreograf. Suxishvili nomidagi Gruziya Milliy Balet ansamblining hammuassisi. 1963-yilda „SSSR xalq artisti“ unvoniga va 1990-yilda esa „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nino Ramishvili 1910-yil 19-yanvarda Tbilisi shahrida dunyoga kelgan.
Ramishvili dastlab 1922-yildan 1927-yilga qadar Tbilisidagi Mariaa Perini balet maktabida taʼlim olgan[1].
1927-yildan 1936-yilgacha Zahariy Paliashvili nomidagi balet teatrining yakkaxon raqqosasi boʻlgan. Shu yillar davomida „Abesalom va Eteri“, „Daisi“, „Shota Rustaveli haqidagi ertak“, „Keto va Kote“ hamda „Tsisana“ spektakllarida ishtirok etgan[2].
1945-yilda Ramishvili turmush oʻrtogʻi Iliko Suxishvili bilan birgalikda Suxishvili nomidagi Gruzin Milliy Baletini (dastlab „Gruziya Davlat Raqs Ansambli“ deb atalgan) tashkil etgan va u yerda 1972-yilga qadar yakkaxon raqqosa va raqs oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib borgan.
1972-yilda Nino Ramishvili Suxishvili Gruziya milliy baletining bosh xoreografi boʻlib faoliyat yuritgan[3].
Gruziya Milliy Balet jamoasi Albert Hall, The Coliseum, Metropolitan Opera, Madison Square kabi koʻplab mashhur sahnalarda chiqish qilgan. Shuningdek, 1967-yilda La Scala teatrida ham konsert bergan. Aynan oʻsha chiqish ushbu folklor jamoasining La Scala teatridagi ilk va yagona chiqishi hisoblanadi. Ushbu konsertda jami 14 marta parda koʻtarilgan va bu rekord natija hisoblanadi. Jamoaning sahnadagi liboslari taniqli rassom Simon (Soliko) Virsaladze (1908–1989) tomonidan loyihalashtirgan[4].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Рамишвили в энциклопедии балета“. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-may.
- ↑ „Рамишвили в энциклопедии балета“. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-may.
- ↑ „Рамишвили в энциклопедии балета“. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-may.
- ↑ „History“. sukhishvili.com. 2024-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-fevral.