Nimroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kod ISO 3166-2 AF-NIM
Xaritada
Koordinatalari: 31°0′0″N 62°5′0″E / 31.00000°N 62.08333°E / 31.00000; 62.08333 G O

Nimroz ( pushtucha: نیمروز dariycha: نیمروز - Nimrōz ) — Afgʻonistonning oʻttiz toʻrt viloyatidan biri. U mamlakatning janubi-g'arbiy qismida joylashgan. U Eron (gʻarbda), Pokiston (janubda), shu bilan bir qatorda Afgʻonistonning Farah (shimolda) va Hilmand (sharqda) viloyatlari bilan chegaradoshdir . Maydoni 41 005 km², aholisi 154 900 ga yaqin (2007 yil). Nimro'z Afgʻonistondagi eng kam aholi yashaydigan hudud.

Ma'muriy bo'linish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nimroz viloyati tumanlari

Maʼmuriy jihatdan 5 tumanga boʻlingan:

  • Chahar Burjak
  • Chaxonsur
  • Kang
  • Xash rod
  • Zaranj

Aholi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatning shahar aholisi tahminan 15%, qishloq aholisi - 85%. Aholining 51%ni erkaklar, 49%ni ayollar tashkil qiladi. Asosiy etnik guruhlarga baluchi va pushtunlar kiradi, u yerda tojiklar va oʻzbeklar ham yashaydi. Baluchi tilida aholining 61% soʻzlashadi, ikkinchi eng keng tarqalgan til pashtu tilida boʻlib, bu tilda viloyat aholisining 27% ga yaqini soʻzlashadi. Qolgan 12% dari va oʻzbek tilida soʻzlashadi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afg'oniston viloyati bayrog'i Архивная копия