Nilot tillari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nilot tillari — Afrika sharqidagi sharqiy sudan tillari; Nil - Sahroi Kabir tillari makrooilasining shari-nil tillari oilasiga mansub. Sudan, Uganda, Keniya, Tanzaniyada, shuningdek, Kongo va Efiopiyaning ayrim hududlarida tarqalgan. Soʻzla-shuvchilarning umumiy soni 20 mln. kishidan ortadi. Nilot tillarining oʻzaro qarindoshligi ularning fonetik tuzilishi va asosiy lugʻat tarkibi (50 foizgacha), kishilik, soʻroq va koʻrsatish olmoshlari; otlarning koʻplik shakli kabi til hodisalarini oʻrganish ja-rayonida aniklangan.
Mavjud tasniflarga koʻra, Nilot tillari gʻarbiy, sharqiy va jan. zonalarga boʻlinadi; gʻarbiy Nilot tillari —3 guruhchaga boʻlina-di va 20 dan ortiq tilni qamrab ola-di; sharqiy Nilot tillari —2 guruhchaga boʻlina-di va 12—14 ta tilni oʻz ichiga oladi; janubiy Nilot tillari —3 guruhchaga boʻlinadi va 10 dan ortiq tilni qamrab oladi. Sharqiy va jan. zonalarga mansub Nilot tillari ti-pologik jihatdan va oʻzaro qarindoshlik munosabatlariga koʻra bir-biriga yaqin turadi, gʻarbiy Nilot tillari esa bir nechta fonetik va grammatik xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. 1920—50 yillarda Nilot tillari uchun lotin grafikasi asosida alifbolar yaratish yoʻlida dastlabki urinishlar boʻlgan, biroq bu jarayon nihoyasiga yetmagan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |