Nikolay Konstantinovich
Bu maqola hozirgi vaqtda foydalanuvchi Olimidono tomonidan faol tahrirlanyapti. |
Buyuk Knyaz Nikolay Konstantinovich (2-(14) fevral 1850-yil, Sankt-Peterburg — 14-(27) yanvar 1918-yil, Toshkent) — Rossiya imperatori Aleksandr II ning ukasi Buyuk knyaz Konstantin Nikolaevichning toʻngʻich farzandi. Nikolay I ning nabirasi, Aleksandr III ning amakivachchasi. 1918-yil 14-(27) yanvarda Toshkent yaqinidagi dala-hovlisida pnevmoniyadan vafot etgan.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1868-yilda Bosh shtab akademiyasini tamomlagan va Romanovlar orasida birinchi boʻlib oliy oʻquv yurtini, eng yaxshi bitiruvchilar orasida kumush medal bilan tamomlagan. Oʻqishni tugatgandan soʻng chet elga sayohat qilishga chiqadi va u yerda Gʻarbiy Yevropa rasmlari toʻplamini yiğishni boshlaydi.
Evropa boʻylab sayohatdan qaytgandan soʻng, leyb-gvardiyaning otliq polkiga oʻqishga kiradi va 21 yoshida eskadron komandiri boʻladi. Maskarad ballaridan birida u amerikalik raqqosa Fanni Lirni (haqiqiy ismi Garriet Blekford, 1848-1886) uchratadi. Fanni Nikolay bilan tengdosh edi, lekin turmushga chiqqan va kichkina qizi bor edi. Ular ota-onasini tashvishga soladigan ish boshlashdi. Konstantin Nikolaevich oʻgʻlini Peterburgdan olib chiqish uchun bahona topdi: 1873-yilda Nikolay Konstantinovich rus ekspeditsiya kuchlari tarkibida Xivaga qarshi yurishga chiqdi. Eng koʻp yoʻqotishlarga uchragan Kazalinskiy otryadining avangardlari boshida Qizilqum choʻli orqali eng qiyin yoʻllardan birini bosib oʻtdi. U boshchiligidagi birinchi razvedka guruhi shu qadar zich artilleriya oʻqiga tushdiki, otryad ularning tirik qaytishini kutmagan edi. Xiva yurishida qatnashgani uchun 3-darajali Muqaddas Vladimir ordeni bilan taqdirlangan.