Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Kondratiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikolay Kondratiyev
Tavalludi 16-mart 1892-yil
Vafoti 17-sentyabr 1938-yil
Kommunarka
Fuqaroligi SSSR
Taʼlimi 1-Kostroma gimnaziyasi,Sankt-Peterburg davlat Universteti yuridik fakulteti.
Kasbi Iqtisodchi, Siyosatchi

Nikolay Dmitriyevich Kondratiyev (1892-yil 16-mart, Galuyevskaya, Kineshemskiy tumani, Kostroma guberniyasi — 1938-yil 17-sentyabr, Kommunarka poligoni, Moskva viloyati) — rus va sovet iqtisodchisi. „Kondratiyiyev sikllari“ deb nomlanuvchi iqtisodiy sikllar nazariyasining asoschisi. SSSRda „yangi iqtisodiy siyosat“ni nazariy jihatdan asoslab berdi. 1930-yil 19-iyunda OGPU tomonidan soxta ayblovlar bilan hibsga olingan[1]. SSSR Oliy sudining harbiy kollegiyasi tomonidan 1938-yil 17-sentyabrda otuvga hukm qilingan va oʻsha kuni otib tashlangan. Ikki marta — 1963 va 1987-yillarda oqlangan.

1892-yil 16-martda Kostroma viloyati, Kineshemskiy tumani, Galuyevskaya qishlog‘ida(hozirgi Ivanovo viloyati, Vichug tumanida, Vichug shahridan 4,9 km uzoqlikda) koʻp bolali dehqon oilasida tugʻilgan. N. D. Kondratiyevning oʻzi yangi uslubda 17-martni oʻzining tugʻilgan kuni deb hisoblagan (metrik kitobdan koʻchirmada, 12 oʻrniga, taqvim oʻzgargandan keyin tugʻilgan kunga 13 kun qoʻshilgan)[2]. Bu olimning 1924-yil 28-aprelda yozilgan tarjimai holida[3] va 1933-yil 17-martda xotiniga yozgan xatida qayd etilgan[4].

Mutaxassisligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kondratiyev SSSR Moliya Xalq Komissarligi qoshidagi Konyunktura institutining asoschilaridan biri va birinchi direktori boʻlgan (1920—1928). 1920-1923-yillarda — Xalq yer komissarligida, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va siyosati boshqarmasi boshligʻi va „olim mutaxassis.“ SSSR Davlat rejalashtirish qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi boʻlimida ishlagan. Uning rahbarligida RSFSR qishloq va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishning 1923—1928-yillarga moʻljallangan istiqbolli rejasi (Kondratiyevning qishloq xoʻjaligi besh yilligi) ishlab chiqildi, unda reja va bozor tamoyillari uygʻunlashtirilgan.

Xotini — Yevgeniya Davidovna Dorf (1893-1982) tugʻilganda onasining familiyasi Plexanova edi, chunki u nikohsiz tugʻilgan, 1901-yilda otasining familiyasini oldi — yuqumli kasalliklar shifokori David Yakovlevich Dorf (1866 yoki 1867-1920). 1918-yil oktyabr oyida Yevgeniya Davidovna Markaziy zig‘irchilik shirkatiga shtatdan tashqari statistik boʻlib ishga kirdi va u yerda Kondratev bilan tanishdi. Ular 1921-yil fevral oyidan kechiktirmay turmush qurishdi[5].

Qizi — Yelena Nikolayevna Kondratiyeva (1925—1995), mikrobiolog, MDU professori, RFA akademigi. Davlat mukofoti laureati.

  1. Grinin L., Devezas T., Korotayev A. Kondratieff’s Mystery. (Kondratieff Waves) 1 (2012): 5—22.
  2. N. D. Kondratev, „Suzdalskie pisma“, S. 17.
  3. N. D. Kondratev, „Osoboe mnenie“ (Kn. 1, S. 441).
  4. N. D. Kondratev, „Suzdalskie pisma“, S. 199.
  5. Shaykin V. V., Klyukin P. N. Jena N. D. Kondrateva — Yevgeniya Davidovna Dorf: novie biograficheskie dannie Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (26-aprel 2021-yil) // Nasledie N. D. Kondrateva i sovremennost / pod red. P. N. Klyukina. — SPb.: Aleteyya, 2014. — 373 s. — ISBN 978-5-90670-523-5