Nikolay Ivanovich Xodukin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nikolay Ivanovich Xodukin (1896, Troitsk shahri — 1957, Toshkent) — parazitolog va epidemiolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1940). Tibbiyot fanlari doktori (1936), professor (1936). Qozon universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1919). Toshkent Vaksina va zardoblar institutining parazitologiya bulimi mudiri (1925— 40), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1940—57). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonning oʻlka patologiyasi, bezgak, leyshmanioz kasalliklarini oʻrganishga oid.