Nikolay Bogdanov
Qiyofa
| Nikolay Bogdanov | |
|---|---|
| Tavalludi |
27-Aprel 1920-yil Dnepropetrovsk viloyati |
| Vafoti |
31-Yanvar 1945-yil Lvov |
| Xizmatdagi yillari | 1938 — 1945 |
| Unvoni | Podpolkovnik |
| Harbiy qism | 34-gvardiyachi artilleriya polkida divizion |
| Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
| Mukofotlari | Sovet Ittifoqi Qahramoni va medallar |
Nikolay Dmitriyevich Bogdanov (1920.27.4, Dnepropetrovsk viloyati Lyubimovka qishlogʻi — 1945.31.1, Lvov) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkentda chizmachi boʻlib ishlagan. 1941-yil iyuldan frontda. 34-gvardiyachi artilleriya polkida divizion komandir boʻlgan. Bogdanov 1943-yil 12—14-sentabrdagi janglarda oʻz artilleriyasi bilan oʻqchi qismlari tomonidan dushmanning Komarovka va Yevlashovka qishloqlaridagi tayanch punktlarini egallashlarida yordam bergan. 1943-yil 16-oktabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |