Nikolay Aristov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nikolay Aleksandrovich Aristov (1847 – c. 1903) – sharqshunos olim va etnograf. Etticyv aloqa boshqarmasi qoshida har xil ma’muriy vazifalarda (1868 – 81) va Yettisuv harbiy gubernatorining yordamchisi lavozimida (1881 – 89) ishlagan. 1883 yildan Rossiya geografiya jamiyatining a’zosi. Aristov asarlarida qozoq va qirg‘izlarning urug‘-qabilalari hayoti yoritilgan. Ularda o‘zbek urug‘ va qabilalari haqida ham ma’lumotlar bor. Shuningdek, 19-asr oxiridagi ingliz-afg‘on munosabatlari tarixi, Hindiston bilan chegaradosh afg‘onlarning siyosiy ahvoli va afg‘on xalqining Britaniya mustamlakachilariga qarshi kurashlari ham bayon etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Nikolay Aristov" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil