Kontent qismiga oʻtish

Nikobar kaptari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikobar kaptari
Nikobar kaptari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Kenja olam: Eumetazoa
Tip: Xordalilar
Kenja tip: Umurtqalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Kaptarsimonlar
Oila: Kaptarlar
Urugʻ: Yolli kaptarlar (Caloenas)
Tur: Caloenas nicobarica
Caloenas nicobarica
Ostturlar
  • C. n. nicobarica
  • C. n. pelewensis

Nikobar kaptari (lot. Caloenas nicobarica) — Kaptarlar oilasining yolli kaptarlar urugiga mansub qush. Bu qush kichik orollarda va dengiz bo‘ylarida uchraydi. Uning tarqalish hududi Hindistondagi Andaman va Nikobar orollaridan boshlanib, Indoneziya orollari orqali sharqda — Solomon orollari va Palaugacha yetadi. U yolli kaptarlar urugining yagona zamonaviy turi. Yolli kaptarlar urugiga nikobar kaptaridan tashqari, hozirda yo‘qolib ketgan, liverpul kaptari (Caloenas maculata) va kanak kaptari (Caloenas canacorum) kiradi. Shuningdek, u yo‘q bo‘lib ketgan Dodo va Rodriges drontining eng yaqin tirik qardoshi hisoblanadi.