Nijat Abasov
Nijat Abasov | |
Nijat Abasov, „Ekstraliga“ shaxmat boʻyicha Polsha jamoaviy chempionati, Legnica 2021 | |
Tugʻilgan sanasi: | 14-may 1995-yil |
Tugʻilgan joyi: | Baku, Ozarbayjon |
Unvoni: | Grossmeyster 2011-yil |
Hozirgi reytingi : | 2641 (2022-yil, yanvar)[1] |
Nijat Azad oʻgʻli Abasov [2] (1995-yil 14-may) — ozarbayjonlik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster. 2020-yil fevral oyida eng yuqori renyting ballga 2670 ballga yetdi va u Ozarbayjonda 3-oʻrinni, dunyoda esa 67-oʻrinni egalladi.
Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abasov 2009-yilda xalqaro sport ustasi unvoni bilan taqdirlangan. U grossmeyster unvoni uchun zarur boʻlgan uchinchi va yakuniy normani 2010-yil dekabr oyining oxirida Ozarbayjon birdamlik kuni tadbirida qoʻlga kiritgan[2], shuningdek birinchi oʻrinni egallagan [3]. 2011-yilning fevralida FIDE unvon topshirgan [4].
Professional faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil noyabr oyida Abasov 2016-yilgi Tata Steel Challenger turniriga yo‘llanma olish uchun Veyk-an-Zi shahrida bo‘lib o‘tgan Cultural Village turnirida g‘olib chiqqan[5]. Abasov Boku shahrida boʻlib oʻtgan 42-shaxmat Olimpiadasida Ozarbayjon 2 jamoasida ishtirok etdi[6]. U 13 oʻyindan 6½ ochko toʻpladi [7]. 2016-yil dekabr oyining oxirida u Viktor Laznička, Dennis Vagner, Kristian Bauer va Mateush Barteldan tay-breyk boʻyicha Zurich Rojdestvo ochiq chempionatida gʻolib chiqdi.[8] 2017-yilda Abasov shaxmat bo‘yicha Ozarbayjon chempionatida ham, Baku Open turnirida ham g‘olib boʻldi[9].
2019-yil oktyabr oyida Nijat FIDE Grand Shveysariya turnirida 6,5 ochko (+2=9-0) olib, 154 nafar o‘yinchi orasida 15-o‘rinni egalladi. Oʻsha yilning noyabr oyida Abasov jahon reytingida 93-oʻringa koʻtarildi va faoliyatida birinchi marta FIDE Top 100 roʻyxatiga kirdi.
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://ratings.fide.com/profile/14204118}[sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 Grandmaster title application, FIDE
- ↑ „Azerbaijani Solidarity Day 2010“. Chess-Results.com. Qaraldi: 2013-yil 16-aprel.
- ↑ „List of titles approved by the 1st Presidential Board meeting 2011“. FIDE (2011-yil 8-fevral). 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
- ↑ Schulz. „Shipwrecked in the Benoni“. ChessBase (2015-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-yanvar.
- ↑ „USA and China win gold medals in Baku Chess Olympiad“. FIDE (2016-yil 10-sentyabr). 2018-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
- ↑ Crowther. „Magnus Carlsen wins his fifth Tata Steel Masters“. The Week in Chess (2016-yil 31-yanvar). 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Zürich: Nijat Abasov with best tie-break“. Chess News. ChessBase (2017-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
- ↑ „The Week in Chess 1203“. theweekinchess.com. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shaxsiy sahifasi FIDE saytida
- Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)
- Shaxsiy sahifasi 365chess.com saytida(ingl.)