Nicole Seibert
Bu maqola ayni damda Bobonorova Hulkar (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 04:46, 5-iyun 2026 (UTC) (41 kun avval) da tahrir qilingan. |
| Nicole Seibert | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
Nicole Hohloch 25-oktyabr 1964 |
| Fuqaroligi | Germaniya |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1980-yildan hozirgacha |
| Mashhur ishlari | „Ein bißchen Frieden“ („Bir oz tinchlik“) |
| Turmush oʻrtogʻi |
Winfried Seibert (turm. 1984) |
| Bolalari | 2 |
| Veb-sayti | nicole-4-u.de |
Nicole Seibert (qizlik familiyasi: Hohloch; 1964-yil 25-oktyabrda tugʻilgan), sahnada shunchaki Nicole nomi bilan tanilgan — germaniyalik xonanda, qoʻshiqnavis, musiqachi va prodyuser[1]. 1982-yilda u Eurovision qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqan ilk Germaniya vakili boʻldi[2]. U 25 dan ortiq studiyaviy albom hamda 80 ta singl taqdim etgan. Ularning ayrimlarini, ingliz, golland va fransuz tillarida ijro etgan hamda yozib olgan[3]. U oʻzining ayrim musiqiy asarlari uchun matn va musiqani shaxsan oʻzi yozgan[4].
Hayoti va karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hohloch Gʻarbiy Germaniya tarkibidagi Saarland oʻlkasining Saarbrücken shahrida tugʻilgan. U to‘rt yoshidanoq sahnaga chiqa boshlagan bo‘lsa-da, ilk tijoriy muvaffaqiyatiga 16 yoshida, "Flieg nicht so hoch, mein kleiner Freund" nomli birinchi singli taqdim etilgandan keyin erishgan. Ushbu tarona Avstriya xit-paradlarida 2-pog‘onagacha ko‘tarildi, shuningdek, Yevropaning bir qator musiqiy chartlarida Top-40 talikdan joy oldi[5].
U 17 yoshida "Ein bißchen Frieden" taronasi bilan Eurovision qo‘shiq tanlovi 1982 tanlovida g‘olib chiqdi va ushbu kompozitsiya Yevropaning bir qator musiqiy chartlarida 1-pog‘onagacha ko‘tarildi. Tanlovdagi ovoz berish jarayoni yakunlangach, Hohloch ushbu taronani asl nemis tili bilan bir qatorda ingliz, fransuz va niderland tillarida ham qisman ijro etib, qayta kuyladi[6].
Yillar o‘tib bergan intervyusida Hohloch Isroildan olingan ballar haqida to‘xtalib, shunday deydi: "Biroq eng muhim g‘alaba — nemis qizining Isroildan tinchlik haqidagi qo‘shig‘i uchun 12 ball olgani bo‘lgan". Suhbat davomida u Isroil hukumati tomonidan Tel-Avivga taklif qilinganini hamda u yerda xizmat qilayotgan askarlar uchun qo‘shiq kuylaganini ham ta’kidlab o‘tgan[2].
U "Ein bißchen Frieden" taronasining "A Little Peace" nomli inglizcha versiyasini ham yozgan bo‘lib, ushbu kompozitsiya Buyuk Britaniyaning UK Singles Chart xit-paradida 1-pog‘onagacha ko‘tarilgan. Ushbu qo‘shiq keyinchalik Buyuk Britaniya singllar chartida birinchi o‘rinni egallagan 500-qo‘shiq bo‘ldi[7]. Shuningdek, taronaning fransuz tilidagi „La Paix sur Terre“, niderland tilidagi „Een beetje vrede“, ispan tilidagi „Un poco de paz“, daniyacha „En smule fred“, sloven tilidagi „Malo miru“, rus tilidagi „Немного мира“, polyak tilidagi „Troszeczkę ziemi, troszeczkę słońca“ hamda venger tilidagi (Neoton Família guruhi bilan hamkorlikda yozilgan) „Egy kis nyugalmat kívánok én“ kabi toʻliq versiyalari ham yozib olingan[8].
Mukofot va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1982-yil: Eurovision qoʻshiq tanlovida 1-oʻrin[2].
- 1983-yil: Tokiodagi „Butunjahon ommabop qoʻshiqlar festivali“da (World Popular Song Festival) „So viele Lieder sind in mir“ taronasi bilan 2-oʻrin[5].
- 1991-yil: „Ein leises Lied“ qoʻshigʻi bilan Germaniyaning „Schlagerparade“ xit-paradi gʻolibi[6].
- 1993-yil: „Eng yaxshi shlyager yoʻnalishidagi ayol xonanda“ (1992-yilgi natijalarga koʻra) nominatsiyasida „Echo Award“ mukofoti[9][10].
- 1999-yil: „Saarland Order of Merit“ (Saar oʻlkasining xizmatlari uchun ordeni) bilan taqdirlangan[9][10].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studiyaviy albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Nomi | Ilk bor nashr etilgan shakli |
|---|---|---|
| 1981 | Flieg nicht so hoch, mein kleiner Freund | 1981-yil |
| 1982 | Ein bißchen Frieden | 1982-yil 17-iyun |
| 1982 | A Little Peace | 1982-yil oktyabr |
| 1982 | Meine kleine Freiheit | 1982-yil noyabr/dekabr |
| 1983 | So viele Lieder sind in mir | 1983-yil 10-oktyabr |
| 1985 | Gesichter der Liebe | 1985-yil |
| 1986 | Laß mich nicht allein | 1986-yil |
| 1987 | Moderne Piraten | 1987-yil |
| 1988 | So wie du | 1988-yil |
| 1990 | Für immer...für ewig... | 1990-yil |
| 1991 | Und ich denke schon wieder nur an dich | 1991-yil 2-sentyabr |
| 1992 | Wenn schon...denn schon | 1992-yil 9-noyabr |
| 1993 | Mehr als nur zusammen schlafen gehn | 1993-yil 4-oktyabr |
| 1994 | Und ausserdem | 1994-yil 24-oktyabr |
| 1996 | Pur | 1996-yil 3-iyun |
| 1998 | Abrakadabra | 1998-yil 20-aprel |
| 1999 | Visionen | 1999-yil 20-sentyabr |
| 2001 | Kaleidoskop | 2001-yil 2-aprel |
| 2002 | Ich lieb dich | 2002-yil 9-sentyabr |
| 2004 | Für die Seele | 2004-yil 3-may |
| 2005 | Alles fließt | 2005-yil 30-may |
| 2006 | Begleite mich | 2006-yil 24-mart |
| 2008 | Mitten ins Herz | 2008-yil 8-fevral |
| 2009 | Meine Nummer 1 | 2009-yil 19-iyun |
| 2012 | Jetzt komm ich | 2012-yil 16-mart |
| 2013 | Alles nur für Dich | 2013-yil 10-may |
| 2014 | Das ist mein Weg | 2014-yil 24-oktyabr |
| 2016 | Traumfänger | 2016-yil 15-aprel |
| 2017 | 12 Punkte | 2017-yil 14-aprel |
| 2019 | 50 ist das neue 25 | 2019-yil 11-oktyabr |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nicole Seibert“. charts.org.nz. Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
- 1 2 3 Saunders, Emma. „Eurovision memories: Oh, what a night!“. BBC News (2015-yil 21-may). 2016-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr.
- ↑ „Discographie Nicole“ (de). GfK Entertainment. Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr.
- ↑ „Nicole Seibert“. charts.org.nz. Qaraldi: 2021-yil 2-yanvar.
- 1 2 Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs named "wikinews_2009". - 1 2 „29 years ago today – Germany get their first win with Nicole“. Eurovision (2011-yil 24-fevral). 2021-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-dekabr.
- ↑ Rice, Jo. The Guinness Book of 500 Number One Hits, 1st, Enfield, Middlesex: Guinness Superlatives Ltd, 1982 — 224-bet. ISBN 0-85112-250-7.
- ↑ McAlpine, Fraser. „7 Eurovision winners nobody talks about any more“. BBC (2018-yil 11-may). 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr.
- 1 2 Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs named "Nicole Wiki: Die Sängerin im Blickpunkt". - 1 2 „Nicole“ (de). nicole-4-u.de (2019-yil 5-noyabr). 2020-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.