Nikolaye Timofti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nicolae Timoftidan yoʻnaltirildi)
Nikolaye Vasilyevich Timofti
rumincha: Nicolae Timofti
Tavalludi 22-dekabr 1948-yil (1948-12-22) (75 yosh)
Fuqaroligi Moldova bayrogʻi Moldova
Turmush oʻrtogʻi Margarita
Bolalari Aleksey
Nikolay
Shtefan
Mukofotlari Serbiya Respublikasi lentali ordeni

Nikolaye Vasilyevich Timofti (rumincha: Nicolae Timofti, Николае Тимофти) – Moldova davlat va siyosat arbobi, 2012-yil 23-martdan 2016-yil 23-dekabrgacha mamlakat Prezidenti[1][2][3][4].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolae Timofti 1948-yil 22-dekabrda Moldaviya SSR Floresti tumani Chutulesti qishlogʻida siyosiy sabablarga koʻra deportatsiya qilinganlar oilasida tugʻilgan[5][6]. Otasi Vasiliy Timofti (rumincha: Vasile Timofti), onasi Yelena Timofti (rumincha: Elena Timofti). U katta oilada oʻsgan[7], oʻrta maʼlumotni mahalliy maktabda olgan[8].

1964—1965-yillarda Floresti shahar tuman yoʻl boshqarmasida ishchi. Keyin, 1967 yilgacha Timofti mexanik va avtoulovchi boʻlib ishladi. Keyin u Moldova davlat universitetining yuridik fakultetida tahsil oldi. Universitetni tugatgandan soʻng, Nikolay Timofti Sovet armiyasida xizmat qilgan va „katta leytenant“ harbiy unvoniga ega.

1974-1976-yillarda Moldaviya SSR Adliya vazirligida maslahatchi lavozimida ishlagan.

1976-1980-yillarda Kishinyov shahrining Frunzenskiy tumani sudyasi.

1980-1990-yillarda Moldaviya SSR Oliy sudi sudyasi.

1990-1996-yillarda Oliy sud raisining oʻrinbosari, sudyalar hay’ati raisi.

1996-yildan 2001-yilgacha Moldova Respublikasi Apellyatsiya sudi raisi, Sudyalar uyushmasi raisi, Moldova Respublikasi Oliy magistratura kengashi aʼzosi.

2005-yilda u yana Moldova Oliy sudining sudyasi etib tayinlandi.

1995-2000 va 2005-2009-yillarda – Oliy magistratura kengashining aʼzosi.

2012-yil 16-martda Nikolaye Timofti parlamentning 62 aʼzosi ovozi bilan Moldova Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Bu lavozimni 2016-yil dekabr oyining oxirigacha egalladi, uning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri saylangan prezident Igor Dodon keldi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Margarita Timofti – xotini. Soroka tumanidagi Parcani qishlogʻida tugʻilgan. Moldova Davlat universitetining kutubxonashunoslik va bibliografiya fakultetini tamomlagandan soʻng Kishinyovdagi Respublika yoshlar kutubxonasida bibliograf, sektor mudiri, keyin boʻlim mudiri lavozimlarida ishlagan. 2010-yildan hozirgi kunga qadar Moldova parlamenti kotibiyati Bosh yuridik boshqarmasining Yevropa huquqi, qonun hujjatlarini yaqinlashtirish, qonunchilik axboroti boʻlimi bosh maslahatchisi[9].
    • Aleksey Timofti (1979-yilda tugʻilgan) – toʻngʻich oʻgʻil. Aleksandru Ioan Kuza universitetining huquq fakultetida, keyin Jorj Vashington universitetida tahsil olgan. AQShda yashaydi, uning rafiqasi Nikoleta Vashingtondagi Greenberg Traurig LLP da sud ishlarida advokat boʻlib ishlaydi[10].
    • Nikolay Timofti (1983-yilda tugʻilgan) – oʻgʻil. Yuridik fakultetni tugatgan. Bir nechta telekanal va radiolarda ishladi. U xususiy telekanallardan birida sport yangiliklari boshlovchisi sifatida shuhrat qozongan.
    • Stefan Timofti (1991-yilda tugʻilgan) – oʻgʻil. U futzalga qiziqadi, mamlakatning turli futzal ligalarida ishtirok etadi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Skolko zarabativaet kandidat vprezidenti Moldovi Nikolay Timofti?
  2. Укази о одликовањима, 2013-03-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-09-16
  3. „О семье кандидата в президенты от АЕИ Николая Тимофти | PUBLIKA.MD“. 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-sentyabr.
  4. NR2.RU::: Молдавский альянс назвал кандидатуру на пост президента / 12.03.12 / Кишинев, 2015-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-09-16
  5. „NewDayNews.Ru: Молдавский альянс назвал кандидатуру на пост президента / 12.03.12 / Кишинев“. 2018-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-may.
  6. „О семье кандидата в президенты от АЕИ Николая Тимофти | PUBLIKA .MD“. 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-mart.
  7. Chelovek nedeli – Nikolae Timofti, predsedatel Visshego soveta magistraturi. – Tribuna, 11.03.2012
  8. Гыскэ Татьяна. „Николай Тимофти - кандидат АЕИ на должность президента Молдовы“ (ru). Noi.md (2012-yil 12-mart). 2013-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-aprel.
  9. „Первая леди Молдовы отмечает свой день рождения“ (ru). Комсомольская правда в Молдове. 2014-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-may.
  10. „Сноха президента Николае Тимофти – успешный адвокат в США“ (ru). Сайт www.nbm.md. 2015-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-may.
  11. „Профиль спортсмена Штефана Тимофти“. 2012-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-mart.