Nicola Calipari
| Nicola Calipari | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
23-iyun 1953-yil Reggio Calabria, Italiya |
| Vafoti |
4-mart 2005-yil (51 yoshda) Bagʻdod aeroporti yoʻli, Bagʻdod Iroq |
| Fuqaroligi |
|
| Qoʻshin turlari | SISMI |
| Unvoni | General-mayor (generale di divisione) |
| Jang/urush | Juliana Sgrenani qutqarilishi |
| Mukofotlari |
|
| Bolalari | 2 ta |
Nikola Calipari (1953-yil 23-iyun – 2005-yil 4-mart) – Italiyalik general-mayor va SISMI harbiy razvedkasi xodimi edi. Calipari 2005-yil Iroqda garovdan ozod etilgan italiyalik jurnalist Giuliana Sgrenani Bagʻdod xalqaro aeroportiga kuzatib borayotganda, amerikalik askarlar tomonidan bexosdan otib oʻldirilgan.
1990-yillarda Calipari Italiyada Ndrangheta va boshqa jinoiy tashkilotlar tomonidan oʻgʻirlangan odamlarni qutqarish ishlarida faol qatnashgan. U oʻz faoliyatining asosiy qismini Italiya politsiyasida oʻtkazib, yuqori lavozimga koʻtarilgan. Vafotidan ikki yil avval Italiya harbiy xavfsizlik va razvedka xizmatiga (SISMI) ishga oʻtgan.
Caliparining oʻlimi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri AQSH va Italiya oʻrtasidagi eng jiddiy diplomatik mojarolardan birini keltirib chiqargan. Calipari Iroq va Afgʻonistondagi harbiy harakatlar davomida yaralangan yoki halok boʻlgan AQSH yoki Yevropalik boʻlgan beshta general-ofitserlaridan biri hisoblanadi.
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Calipari 1953-yil 23-iyunda Reggio Calabria shahrida tugʻilgan. Caliparidan keyin rafiqasi va ikki farzandini qolgan.
Karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Giuliana Sgrenaning qutqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Calipari Andrea Carpani bilan birga nomaʼlum vaziyatda Giuliana Sgrenani garovga olganlardan qutqargan. Bagʻdod xalqaro aeroportiga qaytayotganlarida, ular safarida boʻlgan Toyota Corolla, Amerika elchisi John Negroponte konvoyini himoya qilish uchun toʻsiq oʻrnatgan amerikalik askarlar tomonidan bahsli vaziyatda oʻqqa tutilgan.
Giuliana Sgrenaning taʼkidlashicha[1], Calipari uni himoya qilish maqsadida ustiga oʻzini tashlagan va koʻp oʻtmay chakkasidan oʻq tegishi oqibatida halok boʻlgan. Keyinchalik koalitsiya hisobotida Caliparini otgan askar Nyu-York shtati milliy gvardiyasi aʼzosi, 3-piyoda diviziyasining 69-piyoda polki 1-bataloni askari Mario Lozano ekanligi aniqlangan.
Oʻlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Italiyadagi munosabat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Caliparining vafoti yuzasidan qaygʻu butun millatni birlashtirgan va oʻn minglab italiyaliklar milliy qahramonga aylangan Calipariga soʻnggi hurmat bajo keltirish uchun 2005-yil 8-mart kuni Rimdagi Santa Maria degli Angeli e dei Martiri ibodatxonasida oʻtkazilgan davlat dafn marosimiga tashrif buyurdilar.
Unga 2005-yil 22-martda Italiya Respublikasi Prezidenti Carlo Azeglio Ciampi tomonidan vafotidan soʻng „Harbiy jasorat“ oltin medali topshirilgan[2].
Video
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil 8-mayda Italiyaning „Canale 5“ telekanali otishma sodir boʻlgan dastlabki lahzalarni aks ettirgan videoni[3] efirga uzatgan. Ushbu videoda Caliparining avtomobili chiroqlari yoqiq holda koʻrinadi (amerikalik rasmiylar esa avtomobil chiroqlari oʻchirilgan holda harakatlanayotganini taʼkidlashgan), hamda avtomobil AQSH armiyasi mashinasidan kamida 50 metr uzoqlikda joylashgan. Bu esa Lozano avtomobilga 50 metrdan ortiq masofada turib oʻq uzganini anglatadi, bu esa Lozanoning oʻz koʻrsatmalariga zid edi[4].
Sud tergovi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Italiya prokuraturasi Caliparining oʻlimi boʻyicha jinoiy tergov doirasida Lozano bilan suhbatlashishga intilgan[5].
2005-yil 22-dekabrda Rim magistratura xizmatining maxsus prokurorlari Lozanoni qasddan odam oʻldirish bilan ayblash masalasini koʻrib chiqayotganliklarini maʼlum qilishgan[6].
2006-yil 18-yanvarda prokurorlar Lozanoni qotillikda ayblashga qaror qilganligi haqida xabar tarqaldi. Prokurorlarning taʼkidlashicha, ular Qoʻshma Shtatlarga yigirmadan ortiq rasmiy soʻrov yuborgan boʻlsa-da, AQSh Lozanoning shaxsini rasman aniqlashdan bosh tortgan. Lozanoning shaxsini tasdiqlashgach, magistratura xizmati uning manfaatlarini himoya qilish uchun advokat tayinladi. Agar Lozano sud chaqiruvini qabul qilmasa va sudga kelmasa, u sirtdan sud qilinishi mumkin edi[7].
2007-yil 7-fevralda sudya Sante Spinaci sirtdan sud jarayonini oʻtkazishga ruxsat bergani va sud muhokamasining 17-aprelda boshlanishi haqida xabar berilgan[8].
2007-yil 25-oktyabrda Italiya sudi Iroqdagi koalitsiya kuchlari faqat ularni yuborgan davlatning yurisdiksiyasi ostida ekanligini aniqlagan holda, Lozanoga qoʻyilgan ayblovlarni rad etgan[9].
Siyosiy oqibatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Caliparining oʻlimi Ikkinchi jahon urushidan soʻng AQSh va Italiya oʻrtasidagi eng jiddiy diplomatik inqirozlardan birini keltirib chiqargan[10]. Bunday voqealarga Sigonella inqirozi, 1998-yildagi Cavalese kanat yoʻli halokati, Gladio mojarosi va 2003-yilda islom ulamosi Hassan Mustafa Osama Nasrning oʻgʻirlanishi (Abu Umar ishi) kiradi[11].
Yuqori darajada taqdirlangan SISMI agenti Calipari Italiyada milliy qahramonga aylangan edi. Natijada, Italiya hukumatiga otishma boʻyicha prokuratura tomonidan oʻtkazilayotgan yangi tergovni ochiq qoʻllab-quvvatlash uchun kuchli bosim oʻtkazilgan.
Italiya Bosh vaziri Silvio Berlusconi 2005-yil 5-mayda parlamentda hukumat Caliparining oʻlimi boʻyicha davom etayotgan sud tergovini toʻliq qoʻllab-quvvatlashga sodiq qolishini taʼkidladi. Parlamentning quyi palatasidagi muxolifatning eng nufuzli yetakchilaridan biri boʻlgan Piero Fassino, AQSHni tergov bilan hamkorlik qilishni osonlashtirishga chaqirgan. U AQSh armiyasi Lozanoni sudyalar tomonidan soʻroq qilinishi uchun taqdim etishi kerakligini taʼkidladi[11].
Italiya Yashillar federatsiyasi rahbari Alfonso Pecoraro Scanio esa, agar AQSH Lozanoning soʻroq qilinishiga ruxsat berish orqali ushbu tergovda hamkorlik qilmasa, u Xalqaro adliya sudida muhokama oʻtkazilishini talab qilishini bildirgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sgrena, Giuliana „My truth“. cnn.com (2005-yil 6-mart).
- ↑ http://www.poliziadistato.it/pds/primapagina/caduti_servizio/medaglia_calipari.htm[sayt ishlamaydi]
- ↑ Video YouTubeda
- ↑ „"Abbiamo un caduto in azione" Il video della morte di Calipari – cronaca – Repubblica.it“. repubblica.it.
- ↑ http://www.nydailynews.com/05-04-2005/news/story/306313p-262102c.html[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Page Not Found – Los Angeles Times“. 1996-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-iyun.
- ↑ „Resources“. css.ethz.ch (2024-yil 12-mart).
- ↑ „News – The Scotsman“. news.scotsman.com.
- ↑ [1][sayt ishlamaydi]
- ↑ „Archived copy“. 2006-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 14-iyun.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 „World news and comment from the Guardian“. the Guardian.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 23-iyunda tugʻilganlar
- 1953-yilda tugʻilganlar
- Reggio Calabriada tugʻilganlar
- 4-martda vafot etganlar
- 2005-yilda vafot etganlar
- Bagʻdodda vafot etganlar
- Harbiy jasorat uchun oltin medal sohiblari
- SISMI
- Iroq urushidagi Italiya
- Iroq urushida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar
- Doʻstona otishmada halok boʻlganlar
- „Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ ordeniga sohib boʻlgan komandorlar
- „Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ ordeniga sohib boʻlgan ofitserlar