Nick Vujicic
Nick Vujicic | |
---|---|
Nicholas James Vujicic | |
![]() Nick Vujicic Germaniyada nutq bermoqda (2011) | |
Tavalludi |
4-dekabr 1982-yil[1] |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Turmush oʻrtogʻi | Kanae Miyahara (2012-yil oila qurishgan) |
Nicholas James „Nick“ Vujicic (talaffuzi: Nikolas Jeyms Nik Voʻychich) (serbcha Николас Џејмс Вујичић, Nikolas Džejms Vujičić) (4-dekabr, 1982) Avstraliyalik serb yevangelist va ruhlantiruvchi notiqdir. Nick Vujicic tetra-amelia sindromi bilan tugʻilgan. Bu kasallik bilan tugʻilganlarda oyoq-qoʻl yoʻq boʻladi. Yosh bolaligida Vujicic aqlan, ruhan va jismonan qiynalgan. Vaqt oʻtishi bilan nogironligiga moslashgan. Oʻn yetti yoshida oʻzining Life Without Limbs (Oyoq-qoʻlsiz hayot) nodavlat tashkilotiga asos solgan. Vujicic dunyo boʻylab ruhlantiruvchi nutqlarni beradi. Nutqlarida nogironlar hayoti, umid va hayotda maʼno topish haqida gapiradi. U yana xudo har qanday yurak orqali oʻz ishlarini qila olishiga va xudo har qanday nogironlikni yengishga qudratli ekanligiga ishonishi haqida gapiradi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Life Without Limbs: About Nick Vujicic“. 12-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-sentabr 2009-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2010-06-12).
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Nick Vujicic haqida turkum mavjud |
- Life Without Limbs
- Attitude is Altitude Wayback Machine saytida arxivlandi (2010-06-16).
![]() |