Nick Bjugstad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nick Bjugstad
Bjugstad Pittsburgh bilan 2019-yilda
Tugʻilgan joyi 17-iyul 1992-yil (1992-07-17) (31 yosh)
Blaine, Minnesota, AQSh
Boʻyi 6 ft 6 in (198 cm)
Ogʻirligi 218 lb (99 kg; 15 st 8 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Arizona Coyotes
Florida Panthers
Pittsburgh Penguins
Minnesota Wild
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 19-oʻrin, 2010
Florida Panthers
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Nicholas Jay Bjugstad (talaffuzi: Nik Bjugstad; 1992-yil 17-iyulda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) Arizona Coyotes jamoasida oʻynamoqda. U Florida Panthers jamoasi tomonidan 2010-yilgi NHLga kirish draftining birinchi bosqichida (umumiy 19-oʻrin) jamoa tarkibiga tanlangan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning yozida Bjugstad oʻrta maktabdagi jamoadoshlariga sodiqligi tufayli AQSh xokkey terma jamoasini rivojlantirish dasturida mashq qilish taklifini rad etgan[2]. Bjugstad 2010-yilda Blaine oʻrta maktabida tugatib, maktabni ketma-ket uchta Minnesota shtatidagi oʻrta maktab xokkey turnirida ishtirok etishiga katta yordam bergan[3].

Bjugstad oʻzining kollejdagi faoliyatini 2010-yilda Minnesota Golden Gophers kollejida boshlagan. U yerda uch yil davomida jami 54 gol va 44 golli uzatmani amalga oshirgan. Shu bilan birga jamoa ikkita WCHA chempionligini qoʻlga kiritgan.

Florida Panthers[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bjugstad oʻzining muvaffaqiyatsiz mavsumidan soʻng Gophers jamoasini tark etgan va 2013-yil 3-aprelda Florida Panthers jamoasi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagan[4]. Bjugstad 38 ochko bilan „Panters“ jamoasida yetakchilik qilgan va 2013—2014-yillarda 16 gol bilan uchinchi oʻrinni egallagan. 2014-yilning 31-dekabrida Bjugstad Panthers jamoasi bilan 24,6 million dollarlik shartnomani olti yilga uzaytirgan[5].

Bjugstad oʻzining birinchi NHLdagi xet-trikini 2018-yil 6-martda Tampa Bay Lightning jamoasiga qarshi oʻyinda qayd etgan[6].

Pittsburgh Penguins[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018—2019-yilgi mavsumda, 2019-yilning 1-fevralida Bjugstad jamoadoshi Jared McCann bilan birga Pittsburgh Penguins jamoasiga Derick Brassard, Riley Sheahan, 2-raund va ikkita 4-raund tanlovi uchun almashtirilgan[7].

Minnesota Wild[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 11-sentyabrda Bjugstad 2021-yilgi NHL kirish draftida shartli tanlov bilan Minnesota Wild jamoasiga almashtirilgan[8]. Pandemiya tufayli kechiktirilgan 2020—2021-yilgi mavsumda Minnesota Wild jamoasida Bjugstad 44 oʻyinda 6 gol va 17 ochko toʻplagan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2007—2008 Blaine High School MNHS 16 10 17 27
2008—2009 Blaine High School MNHS 25 26 25 51 20
2009—2010 Blaine High School MNHS 25 29 31 60 24 5 6 3 9 2
2010—2011 University of Minnesota WCHA 29 8 12 20 51
2011—2012 University of Minnesota WCHA 40 25 17 42 28
2012—2013 University of Minnesota WCHA 40 21 15 36 28
2012—2013 Florida Panthers NHL 11 1 0 1 2
2013—2014 Florida Panthers NHL 76 16 22 38 16
2014—2015 Florida Panthers NHL 72 24 19 43 38
2015—2016 Florida Panthers NHL 67 15 19 34 41 5 2 2 4 2
2016—2017 Florida Panthers NHL 54 7 7 14 22
2017—2018 Florida Panthers NHL 82 19 30 49 41
2018—2019 Florida Panthers NHL 32 5 7 12 16
2018—2019 Pittsburgh Penguins NHL 32 9 5 14 14 4 0 0 0 2
2019—2020 Pittsburgh Penguins NHL 13 1 1 2 8
2020—2021 Minnesota Wild NHL 44 6 11 17 17 6 1 0 1 2
2021—2022 Minnesota Wild NHL 57 7 6 13 20
NHLdagi ochkolari 540 110 127 237 235 15 3 2 5 6

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2011 United States WJC 3rd 6 2 2 4 0
2012 United States WJC 7 6 4 2 6 0
2013 United States WC 3rd 10 0 2 2 0
2017 United States WC 5 8 1 3 4 4
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 12 6 4 10 0
Kattalar jamoasidagi ochkolari 18 1 5 6 4

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil
Kollej
Butun WCHA birinchi jamoasi 2011—2012
AHCA West 2-jamoasi 2011—2012
Butun WCHA uchinchi jamoasi 2012—2013

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2010 NHL Entry Draft“. National Hockey League. Qaraldi: 2010-yil 28-iyun.
  2. LaVaque, David. „Blaine junior's goals within reach“. Star Tribune (2009-yil 14-oktyabr). 2009-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-iyun.
  3. Morreale, Mike G. „Bjugstad wins Minnesota Mr. Hockey Award“. National Hockey League (2010-yil 15-mart). Qaraldi: 2010-yil 30-iyun.
  4. „Panthers sign Nick Bjugstad to Entry-Level contract“. Florida Panthers (2013-yil 3-aprel). 2013-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
  5. „Panthers sign Center Nick Bjugstad to 6-year deal“. ESPN (2014-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.
  6. Olive. „5 Takeaways: Bjugstad's Hat Trick Helps Panthers Claim Point in Tampa“. NHL.com (6-mart 2018-yil). Qaraldi: 27-may 2018-yil.
  7. „Brassard, Sheahan traded to Panthers by Penguins“. National Hockey League (1-fevral 2019-yil). Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  8. „Bjugstad traded to Wild by Penguins for draft pick“. NHL.com (11-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2020-yil.