Kontent qismiga oʻtish

Niccolò Machiavelli

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Niccolò Machiavelli
Tavalludi 3-may 1469
Vafoti 21-iyun 1527
Fuqaroligi Republic of Florence
Otasi Bernardo di Niccolò Machiavelli
Onasi Bartolomea di Stefano Nelli

Nikkolo Makiavelli (Machiavelli, italyancha: Niccolò di Bernardo dei Machiavelli; 1469-yil 3-may Florensiya — 1527-yil 22-iyun, oʻsha yerda) — italyan mutafakkiri, siyosatchisi, faylasuf, yozuvchi, gʻarb nazariyasiga doir asarlar muallifi[1]. Makiavelli Florensiya hukumatida qator lavozimlarda ishlagan, ulardan eng muhimi, respublika diplomatik aloqalari uchun mas’ul boʻlgan ikkinchi kanselyariyaning kotibligi edi. Makiavellining asosiy asari „Hukmdor“ sanaladi (italyancha: Il Principe, 1513-yillar[2] atrofida yozilgan). Biroq, „Florensiya tarixi“ va „Tit Liviyning birinchi dekadasi haqida mulohazalar“ asarlari uning siyosiy qarashlarini ancha yaxshi aks ettiradi. Hamda Makiavelli „hukmdorning kuchli qoʻli“ gʻoyasini emas, balki, respublika gʻoyalari tarafdori ekanligini ochib beradi[3]. Makiavelli zamonaviy siyosiy falsafa va siyosatshunoslik asoschilaridan biri hisoblanadi.

Makiavelli siyosiy hayotini ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqichda, 1498-yilda Florensiya Respublikasining ikkinchi kotibi lavozimini egallagan va asosan davlat ishlari bilan shugʻullangan. 1512-yilda Makiavelli siyosatdan majburan chetlashtirilgandan soʻng uning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu davrda Makiavelli oʻzini mashhur qilgan asarlarini yozgan.

Bolalik va yoshlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikkolo Makiavelli 1469-yil 3-mayda Florensiyaning Via Romana koʻchasida (hozirgi Via Guicciardini) joylashgan huquqshunos Bernardo Makiavelliga tegishli oilaviy saroyda tugʻilgan. Ushbu saroyda Bernardo Makiavelli oilasidan tashqari sulolaning boshqa aʼzolari ham yashagan. Makiavelli bolaligi qashshoqlik va qiyinchilikda oʻtganini taʼkidlagan boʻlsa-da, uning oilasi boylik jihatidan oʻrta sinfga mansub edi. Biroq, bu oilani kelib chiqishiga koʻra, huquqqa ega boʻlganidan pastroq ijtimoiy darajaga qoʻydi. Makiavelli oilasi florensiyalik siyosatchilar, shu jumladan gonfalonchilar va priorlar bilan uzoq vaqtdan beri aloqada boʻlgan. Nikkolo dunyoga kelganda oila aʼzolarining soni kamayib, obroʻsi ham tushib qolgandi. Oilaning eng kambagʻal aʼzosi boʻlgan otasi hech qachon yuqori va daromadli lavozimlarda ishlamagan. Bu hatto Makiavellining noqonuniy tugʻilgan boʻlishi mumkinligi haqidagi taxminlarga ham sabab boʻldi. U amaliyotchi advokat boʻlib, bir nechta dala hovli va yerlardan daromad olardi. Ammo oilaning daromadi past boʻlib, kitob sotib olishga yetmasdi (Bernardo Makiavelli oʻqishni yaxshi koʻrar va katta kutubxonaga ega edi) va undan ham yomoni, Florensiya elitasi oʻz farzandlariga bergan taʼlim — qadimgi yunon tilini oʻrganish, xususiy oʻqituvchilar, turli fanlarda malaka oshirish uchun mablagʻ yetarli emas edi.

Makiavelli yetti yoshidan boshlab lotin tilini oʻrganishni boshlagan. Nikkolo imkon qadar yaxshi taʼlim oldi. U lotin va italyan klassikalarini mukammal bilgan. Tit Liviyning „Rim tarixi“ni yaxshi bilgan va uni Sitseron va Iosif Flaviy asarlari bilan „Tit Liviyning birinchi oʻn yilligidagi nutqlar“ni yozishga ilhomlantirgan, yunon mualliflari asarlarining tarjimalarini oʻqigan. Uning hayoti va faoliyati universitet darajasidagi maʼlumotni namoyon etadi, ammo uning universitetda oʻqigani haqida aniq maʼlumot yoʻq. Bir talqinga koʻra, u huquqni oʻrgangan va Florensiya universitetining yunon va lotin notiqligi kafedrasi mudiri Marsello Adriani unga ustozlik qilgan. U Dante, Bokkachcho, Petrarka[1] ijodini yuksak baholagan.

Tarixchi-biograf Roberto Ridolfi Makiavellini oʻrta boʻyli, ozgʻin odam sifatida taʼriflaydi: „Sochlari qora, terisi oq, boshi kichik, yuzi ingichka, peshonasi keng edi. Juda yorqin koʻzlar va ingichka lablar, uning yuzida doim nimtabassum boʻlgandek tuyilardi“[4].

Bolalik va yoshlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikkolo Makiavellining hayoti xavfli, ammo qiziqarli davrda kechdi. Rim papasi butun bir armiyaga ega edi va Italiyaning badavlat, mustaqil shahar-davlatlari qoʻshni davlatlar boʻlmish — Fransiya, Ispaniya yoki Muqaddas Rim imperiyasi hukmronligi ostida edi. Bu tartibsiz toʻntarishlar, ishonchsiz ittifoqlar va hal qiluvchi soʻnggi daqiqada oʻz hukmdorlarini osongina oʻzgartira oladigan yollanma askarlar davri edi.

Piazza della Signoria maydonida Savonarolaning qatl etilishi

Makiavellining yoshlik davrlarida Florensiya rasman respublika hisoblangan[5]. Hamda Medichilar oilasi tomonidan koʻp yillar davomida boshqarib kelinar edi.

1494-yil noyabrda fransuz qiroli Karl VIII armiyasi Italiyaga kirib, Florensiyaga yetib keldi. Yosh hukmdor Piero di Lorenzo Medichi muzokaralarga borib, bir nechta asosiy qal’alarni topshirishni va 200 000 florin miqdorida katta badal toʻlash buyurilgan xoʻrlovchi tinchlik shartnomasini imzolashga muvaffaq boʻldi. Piero Florensiya Signorialar roziligisiz bunday shartnomani tuzish uchun rasmiy vakolatga ega emas edi. Gʻazablangan xalqning qoʻzgʻolonidan qoʻrqib, Piero oʻz akalari bilan shahardan qochib ketishadi. Shu bilan Medichi urugʻining hukmronligi tugaydi va bu sulola vakillariga oʻz vatanlariga qaytish taqiqlanadi. Florensiya Respublikasi qayta tashkil qilinadi va „Katta kengash“ va „saksontaliklar kengashi“ tuziladi. Fransuzlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida yanada qulay shartlarda tinchlik shartnomasi tuziladi, ammo Florensiyaning asosiy porti Piza qoʻldan boy beriladi. Muzokaralarning muvaffaqiyati va yangi konstitutsiyaning qabul qilinishida rohib Savonarola muhim rol oʻynadi, bu shahar siyosatiga taʼsir koʻrsatadigan fuqarolar doirasini keskin kengaytirdi. Bir necha yil davomida u va uning tarafdorlari „yigʻlayotgan“ deb nomlangan katta taʼsirga ega boʻladi[5].

Bu davrda Italiya va Florensiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makiavelli siyosatining saqlanib qolgan eng qadimgi dalillari uning ikkita maktubidir. 1497-yil 2-dekabrdagi maktub kardinal Jovanni Lopesu yoʻllangan boʻlib, oʻz oilasining bahsli yerga boʻlgan huquqini tan olish toʻgʻrisidagi iltimosini oʻz ichiga olgan; natijada Makiavelli foydasiga qaror qabul qilingan. 1498-yil 9-martdagi ikkinchi maktubida Florensiyaning Rimdagi elchisi Rikardo Bekkaga bergan hisobotida Nikkolo Jirolamo Savonarolaning harakatlarini tanqidiy tavsiflaydi[6].

Nikkolo Makiavelli. Rassom: Santi di Tito.
  1. 1 2 „Большая Российская энциклопедия“. 2021-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-aprel.
  2. „britanika ensiklopediya“. va „edu“.
  3. Nederman C. Niccolò Machiavelli // Stanford Encyclopedia of Philosophy.
  4. Niccolò Machiavelli
    Muallif(lar) Ридольфи, Роберто
    Nashr etilgan sanasi 2013
    Nashriyot Political Science
  5. 1 2 Каппони 2012.
  6. Борьо 2016.