Niavaran majmuasi
| Niavaran majmuasi | |
|---|---|
|
Ahmad Shohiy paviloni, Sohibqironiya saroyi va Niavaran qasri | |
| Turi | Saroy muzeyi, memorial |
| Joylashuvi | Shemiron (shimoliy Tehron), Eron |
| KoordinatalarRestored by | 35°48′43″N 51°28′21″E / 35.8120°N 51.4725°E |
| Tomonidan tiklangan | Mohammad Reza Nikbakht |
| Boshqaruv organi | Eron madaniy meros tashkiloti |
Niavaron saroy majmuasi (forscha: مجموعه کاخ نیاوران) – Eronda, Shemiron (Tehronning shimoliy qismi) hududida joylashgan tarixiy saroy majmuasidir. Ushbu majmua Qajar va Pahlaviylar sulolalari davrlariga oid bir nechta saroy binolari va yodgorliklarni oʻz ichiga oladi[1].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Rizo Shoh hukmronligi davrida imperator oilasi uchun Niavaran nomli yangi saroy barpo etilgan. Saroy 1958-yilda loyihalashtirilgan va 1967-yilda qurib bitkazilgan. Saroy turli maqsadlarda xizmat qilgan, jumladan, Shoh va Shohbonu Farah uchun turar joy, shuningdek, tashrif buyurgan xorijiy davlat rahbarlarini kutib olish joyi vazifasini oʻtagan. 1977-yil Yangi yil arafasida bu yerda AQSH prezidenti Jimmy Carter uchun qabul marosimi va davlat ziyofati oʻtkazilgan[2].
Shoh va Shohbonu 1979-yil yanvar oyida Eronni tark etganlarida, deyarli barcha mulklarini qoldirib ketishgan. Ahmad Shohiy koʻshkidan tashqari Sohibqironiya saroyining barcha yon-atrofdagi binolari buzib tashlangan va hozirgi inshootlar Sohibqironiyaning shimolida qurilgan. Ahmad Shohiy pavilyoni keyinchalik jahon yetakchilaridan Eron shohlariga berilgan sovgʻalar uchun koʻrgazma markazi sifatida foydalanila boshlangan[1].
Xususiy kutubxona
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kutubxona 1994-yilda Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan rasmiy ravishda ochilgan[3].
Qurilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kutubxonaning ichki bezagi arxitektor Abdol-Aziz Mirza Farmanfarmaian tomonidan loyihalashtirilgan.
Xususiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bino uch alohida qavatda kutubxonalar uchun ajratilgan: oʻquv zali, asosiy kutubxona va audiovizual xona. Kutubxonaning boshqa boʻlimlarida 350 dan ortiq sanʼat asarlari toʻplami joylashgan. Bu asarlar zamonaviy sanʼat tarixining bir qismini, ayniqsa 1950—1960-yillardagi Eron sanʼatining zamonaviy yoʻnalishlarini aks ettiradi.
Gallereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shohning Sohibqironiyadagi idorasi.
- Niavaran saroyi oldidagi hudud.
- Niavaran saroyining darvozasi.
- Niavaran saroyi ichida.
- Niavaran saroyi ichida.
- Niavaran saroyi ichida.
- Niavaran saroyi ichida.
- Niavaran saroyi ichida.
- Niavaran saroyi ichida
- Ahmad Shohiy pavilyoni ichida
- Pavilon oldidagi maydon.
- Ahmad Shohiy paviloni
- Niavaran saroyidagi shaxsiy xonalarga yoʻlak
- Shahzoda Ali Rizoning xonasining ichki qismi
- Muhammad Rizo Shohning Niavaran saroyidagi libosi
- Niavaran saroyi ichidagi kinoteatr
- Kitoblar
- Birinchi qavat
- Kitob javonlari va shishasimon silindrsimon shift
- Birinchi qavat
- Kutubxona ichining yana bir koʻrinishi
- Kutubxona ichining yana bir koʻrinishi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eron meʼmorchiligi
- Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vazirligi
- Guliston saroyi
- Sadobod majmuasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 Niavaran Cultural Historic Complex: History (Wayback Machine saytida 31 January 2016 sanasida arxivlangan) (forscha)
- ↑ „8 Handshakes That Changed History: Jimmy Carter - Shah of Iran“. RealClearPolitics (2009-yil 21-aprel).
- ↑ http://oldregion1.tehran.ir/Default.aspx?PageContentMode=1&tabid=21548 [sayt ishlamaydi] Niavaran Cultural – Historical Complex/Private Library, 25 April 2011
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Niavaran majmuasi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Niavaran madaniy-tarixiy majmuasi (Wayback Machine saytida 2016-01-10 sanasida arxivlangan)