Nian qo‘zg‘oloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nian qo‘zg‘oloni
Nian Rebellion.png
Sanalar 1851-1868
Urush yeri Shimoliy Xitoy
Natija Sinlar gʻalabasi
Raqiblar
Sin sulolasi.
Qoʻllovchilari:
Qoʻshma Shtatlar AQSh
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Fransiya Fransiya
Nian harbiy kuchlari
*Besh bayroq Ittifoqi (1856-1858)
*Taypinlar armiyasi
Xenan harbiy guruhlari

Ittifoqchilari:
Taypin Samoviy qirolligi
Oq Lotus isyonchilari

Nian qoʻzgʻoloni (xit. an’anaviy 捻亂, pinyin: Niǎn Luàn)[1] — 1851—1868-yillarda Shimoliy Xitoyda Janubiy Xitoydagi Taypin qoʻzgʻoloni (1851—1864) bilan bir vaqtda boʻlib oʻtgan qurolli qoʻzgʻolon. Qoʻzgʻolon Sin sulolasini agʻdara olmadi, ammo XX asr boshlarida Sin rejimi qulashining asosiy omillari boʻlgan ulkan iqtisodiy vayronagarchilik va odamlarning yoʻqotilishiga olib keldi.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nian - Xuaybey lahjasidan olingan soʻz boʻlib, erkin birlashgan toʻdalar yoki "banditlar" ni nomlash uchun ishlatilgan.[2] Nian harakati 1840-yillarning oxirida Chjan Lexing tomonidan tashkil etilgan va 1851-yilga kelganda taxminan 40 000 kishini tashkil etgan. Taypin qoʻzgʻolonidan farqli oʻlaroq, Nian dastlab Sin hukumatini tanqid qilishdan tashqari aniq maqsad va vazifalarga ega emas edi. Ularning shiori “boylarni oʻldirib, kambagʻallarga yordam ber”[3] edi. Biroq, Nian guruhi bir qator ekologik ofatlardan soʻng imperator rejimiga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri chora koʻrishga harakat qildi.

1851-yildagi Sariq daryo suv toshqini yuz minglab kvadrat milya maydonni suv bostirib, katta qurbonlarga sabab boʻldi. Sin hukumati falokatdan keyin asta-sekin tozalashni boshladi, ammo samarali yordam koʻrsata olmadi. Buning sababi birinchi afyun urushi va davom etayotgan Taypin qoʻzgʻoloni paytida hukumat moliyasi xarob ahvolga kelgan edi. 1855-yilda daryo qirgʻoqqa qaytib, minglab odamlarni halok boʻlib, serhosil Szyansu provinsiyasini vayron qilganda, falokatdan yetkazilgan zarar hali ham tiklanmagan edi. Toʻfon natijasida yuzaga kelgan vayronagarchiliklar bilan birga ocharchilik ham boshlandi.[4] oʻsha paytda Sin hukumati Yevropa kuchlari bilan kelishuvga erishishga urinayotgan edi. Davlat moliyasi juda qattiq charchagani sababli, rejim yana samarali yordam bera olmadi. Bu hodisalar Nian harakatini gʻazablantirdi. U yevropaliklarni millat muammolariga hissa qoʻshganlikda aybladi va Sin hukumatini qobiliyatsiz deb eʼlon qildi.

Nian qoʻzgʻolonchilari 1794-yilgi Oq Lotus qoʻzgʻoloni taʼsirida Oq Lotus kabi maxfiy jamiyatlar va mazhablardan jalb qilingan va ularning terminologiyasi va ramzlarini faol ravishda oʻzlashtirgan. Masalan, birodarlik qasam ichish amaliyoti, besh rangdagi bayroqlar, sakkiz trigramma va ayol jangchilar guruhlaridan keng foydalanish kabi. Qoʻzgʻolon rahbari Chjan Lexing "Buyuk Xanning yorqin qiroli" unvonidan foydalangan. Bu ramz Oq Lotusning yetakchilik lavozimlarini eslatardi.[5]

Siyosatshunoslar Valeri Gudson va Andrea den Burning fikriga koʻra, qoʻzgʻolon, hech boʻlmaganda, suv toshqini bilan bogʻliq iqtisodiy qashshoqlik tufayli oʻnlab yillar davomida ayollar va bolalar oʻlimiga sabab boʻlgan. Bu esa koʻp sonli yigitlarning uylana olmasdan umidsizlikka tushishlariga olib kelgan. Hududdagi barcha yigitlarning toʻrtdan bir qismi "boʻydoqlar" toifasiga kiradi.[6][7]

Mojaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nian qoʻzgʻolonchilarining katta qismi umidsiz va kambagʻal dehqonlar edi. Ular omon qolish uchun bandit guruhlariga birlashgan. Biroq, tabiiy ofatlar kuchaygan sari bu bandit guruhlari tobora koʻpayib bordi va oxir-oqibat hukumatga toʻgʻridan-toʻgʻri qarshilik koʻrsatishga qodir boʻlgan yirik qoʻshinlarga aylandi. Shunga qaramay, Nian aʼzolaridan koʻpchiligining asosiy qiziqishi boyroq boʻlgan jamoalarni talon-toroj qilish va joriy soliqlarga qarshi turish edi.[8] Diniy motivlar ham Nian isyonchilari uchun unchalik katta ahamiyatga ega emas edi.[8] Nian kuchlari Oq Lotusdan qizil salla va Sakkiz trigramma bayroqlari kabi baʼzi ramzlarini meros qilib olgan boʻlsada,[9] Oq lotus yoki Xudoga sigʻinish jamiyati kabi diniy harakatlarning umumiy taʼsiri past darajada edi. Masalan, Oq Lotus qoʻzgʻolonchilari ba'zan Nian guruhlari bilan birga jang qilishgan, ammo Nian guruhlari ba'zida talon-toroj qilish umidida Oq Lotusga hujum qilgan.[8] Umuman olganda Xenandagi Nian guruhlari Anxuydagi Nianga qaraganda oddiy qaroqchilarga oʻxshab qoldi.[8] Nian harakati tarixchi Elizabet J. Perrining soʻzlariga koʻra, "birinchi navbatda, omon qolishning dunyoviy strategiyalari ifodasi boʻlib qoldi".[8] Ular hech qachon inqilobchi boʻlmagan,[8] hukumat amaldorlari va boylarni oʻlimga chaqiruvchi shiorlar[10] hamda yanada adolatli jamiyat qurishga umid[8] boʻlsa-da, ularda aniq maqsadlarning oʻzi yoʻq edi.[4] Ba'zi Nian qoʻshinlarining haqiqiy isyonchilar harakatlariga aylanishi qonuniy hukmdor boʻlishni istagan alohida Nian rahbarlarining siyosiy ambitsiyalari bilan bogʻliq edi.[8]

Nian otliq qoʻshinlardan talonchilikda yordam berish uchun foydalangan. Otliqlar Nianlarning harbiy kuchlarini va uy jamoalarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilgan.[11] Koʻchma otliq qoʻshinlaridan farqli oʻlaroq, Nianlarning mudofaa taktikasi boshqariladigan "yer devori jamoalari" ga asoslangan edi.[12] Dehqonlarning qoʻllab-quvvatlashi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, Nianlar kuchining haqiqiy asosini taʼminladi.[13]

1851-yilda nianlar qishloqlarning don omborlari va kumush zahiralariga bostirib kirishdi.[14] Nankinni Taypin Samoviy Qirolligi egallab olgandan soʻng, ba'zi Nian rahbarlari Taypinlar bilan ittifoq tuzishga intilishdi.[15] Xong Xiuquan Nian rahbarlariga unvonlar bergan. Nian va Taypin vaqti-vaqti bilan hamkorlik qilgan boʻlsa-da, ikkala qoʻzgʻolon oʻrtasida toʻliq muvofiqlashtirishga erishilmadi.[16] Nian qoʻshinlarining taypinlarga boʻysunishi, hatto toʻliq qoʻshilishi hollari kamdan-kam kzuatildi.[8] Koʻpchilik talonchi qoʻshinlar boʻlib qoldi. Ular faqat foyda va omon qolishdan manfaatdor edilar.[8]

1855-yilda Chjan Lexing Xitoyning markaziy qismida hukumat qoʻshinlariga qarshi hujumlar uyushtirib, toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlar qildi. Yozga kelib, yaxshi tayyorgarlikdan oʻtgan va zamonaviy oʻqotar qurollar bilan toʻliq jihozlangan tez harakatlanuvchi Nian otliqlari Pekin va janubdagi Taypin isyonchilariga qarshi kurashayotgan Sin qoʻshinlari oʻrtasidagi aloqa kanallarini toʻsib qoʻydilar. Sin qoʻshinlari Xitoy boʻylab qoʻzgʻolonlar koʻtarilganligi sababli Nian qoʻshinlariga katta yerlarni bosib olishga va iqtisodiy jihatdan muhim hududlarni nazorat qilishga imkon berdi. Nianlar oʻzlari qoʻlga kiritgan shaharlarda mustahkamlandi. Shaharlardan qishloqlarda Sin qoʻshinlariga qarshi otliq hujum uyushtirish uchun baza sifatida foydalandi. Ushbu holat mahalliy shaharlarni Nian bosqinchilariga qarshi kurashish uchun mustahkamlanishga undadi. Bu doimiy urushlarga olib keldi. Doimiy urushlar esa ilgari boy boʻlgan Jiangsu va Xunan viloyatlarini vayron qildi.

1856-yilda bir nechta Nian guruhlari Chjan Lexing boshchiligida ittifoq tuzib, oʻzlarini beshta armiyadan iborat konfederatsiyaga aylantirdilar. Har bir armiya rangli bayroq bilan belgilangan, avtonom tarzda harakat qilgan va asosan bir urugʻga mansub odamlardan tashkil topgan.[8][17][18][19] Natijada, har bir bayroq qoʻshini aʼzolari bir-biriga qarindosh boʻlgan bir qancha qishloqlardan iborat hududga ega edi. Qoʻshinda ishtirok etgan urugʻlar soni xilma-xil boʻlganligi sababli, bayroq qoʻshinlari mos ravishda kichikroq yoki kattaroq edi. Chjanning oʻzi boshchiligidagi sariq bayroq armiyasi oʻz kuchlarini 18 qishloqdan tuzdi. Kung Tehning oq bayroqli armiyasi 13 qishloqdan, Xou Shix-veyning qizil bayroq armiyasi 12 qishoqdan, Xan Lao-vanning koʻk bayroq armiyasi atigi olti qishloqda va Su Tʼien-funing qora bayroqli qoʻshini 100 ta qishloqdan tuzilgan edi.[8] Chjan ittifoqda koʻproq tartib va muvofiqlashtirishni tiklashga harakat qilgan boʻlsa-da, u bu borada kam darajada muvaffaqiyatga erishdi.[8] Ichki kelishmovchiliklar ittifoqning tezda parchalanishiga sabab boʻldi. 1858-yilga kelib ittifoq tarqatib yuborildi.[8]

Nianga qarshi yurishdan keyingi keyin zafarli yurish

1856-yil boshida Sin hukumati Nianni magʻlub etish uchun Taypin qoʻshinini tor-mor etgan moʻgʻul generali Senggelinqinni yubordi. Senggelinqin armiyasi bir nechta mustahkam shaharlarni egallab oldi va Nian piyodalarining koʻp qismini yoʻq qildi. 1863-yilda Chjan Lexingni pistirmaga tushirib, oʻldirdi. Biroq, 1864-yil oxirida Nian harakati qayta toʻplandi. Chunki mohir taypin qoʻmondonlari Lay Venguang (1827-1868) va Fan Ruzeng (1840-1867) Nian kuchlarini nazorat qilish uchun keldilar va Nian otliqlarining asosiy qismini qayta birlashtira olishdi. Senggelinqinning piyoda qoʻshini tez harakat qilayotgan otliq qoʻshinlarning qishloqlarni vayron qilishini va imperator qoʻshinlariga kutilmagan hujumlarini toʻxtata olmadi.

1865-yil oxirida Senggelinqin va uning qoʻriqchilari pistirmaga uchradilar va Goulawjai jangida hukumatni eng yaxshi harbiy qoʻmondondan mahrum qilishdi. Sin rejimi general Zeng Guofanni poytaxt Pekinni himoya qiluvchi imperator qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilish uchun yubordi va uni yevropaliklardan oʻta qimmat narxlarda sotib olingan zamonaviy artilleriya va qurollar bilan taʼminladi. Zeng qoʻshini Nian otliqlari uchun xandaqlar qazishga kirishdi. Bu samarali, ammo juda sekin va qimmat usul edi. General Zeng Nian piyoda askarlari mudofaa chiziqlaridan birini yorib oʻtganidan soʻng qoʻmondonlik lavozimidan ozod qilindi. Uning oʻrniga yanada koʻproq Yevropa artilleriya va oʻqotar qurollar bilan jihozlangan generallar Li Xongzhang va Zuo Zongtang tayinlandi.[20]

1866-yil oxirida omon qolgan Nian kuchlari ikkiga boʻlindi. Lay Venguang qoʻmondonligi ostida Sharqiy armiya Xitoyning markaziy qismida joylashgan boʻlsa, gʻarbiy armiya Pekin tomon yurdi. Chjan Lexingning ukasining oʻgʻli Chjan Zongyu qoʻmondonlik qilgan gʻarbiy armiya Pekinning janubi-gʻarbiy qismida Sin qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchratildi. Bu voqeadan soʻng Nian hududining katta qismi Sin qarshi hujumiga duchor boʻldi. 1867-yil oxiriga kelib, Li Xunchjan va Zuo Zongtang qoʻshinlari Nian hududining koʻp qismini qaytarib olishdi. 1868-yil boshida uning qoldiqlari hukumat qoʻshinlari va Doim gʻalaba qozongan armiyaning birlashgan kuchlari tomonidan tor-mor qilindi.

Harbiy texnika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nian qoʻzgʻolonchilari mushketlar va ogʻirligi 5000 funtgacha boʻlgan katta miqdordagi toʻplar bilan jihozlangan edi.[21]

Baholanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nian qoʻzgʻoloni Sin sulolasini agʻdara olmadi. Chunki u boshqa isyonchilar, ayniqsa Taypin harakati bilan ittifoq tuza olmadi. Nian Taypin qirolining "tayinlashlarini" qabul qilsa-da, uning buyruqlarini bajarishdan bosh tortgan holda, Taypin harakatlarini ramziy maʼnoda qoʻllab-quvvatladi. Agar Nian va Taypinlar kuchlarini birlashtirganda, Sin hukumati Yevropa kuchlari bilan ittifoq tuzganiga qaramay, katta tahdidga duch kelgan boʻlar edi.

Nianlarning hokimiyatni qoʻlga kirita olmaganiga qaramay, qoʻzgʻolon Sin sulolasiga qattiq zarba berdi. 1851—1855-yillardagi ekologik ofatlar Xitoyning eng boy viloyatlarini vayron qilib, Sin rejimini soliq daromadlari va savdo bojlaridan mahrum qildi. Nian qoʻshinlari va Sin qoʻshinlari oʻrtasidagi uzoq davom etgan janglarda kuydirilgan yer taktikasini keng qoʻllangan, qishloqlar vayron qilingan va son-sanoqsiz odamlar oʻlimiga olib kelgan. Nian qoʻzgʻoloni Taypindan kichikroq miqyosda boʻlsa-da, u hukumat moliyasiga qattiq zarba berdi. Xitoyning eng boy hududlarini vayron qildi va Xitoy iqtisodiyotini juda xavfli holatda qoldirdi. Uzoq muddatli Nian qoʻzgʻoloni Xitoyda Sinlar qulashining asosiy omillaridan biriga aylandi, deyish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 陳華. {{{title}}} (zh-TW). 國立臺灣大學出版中心 — 8 bet. OCLC 19479110. 
  2. Billingsley, Phil. Bandits in Republican China. 
  3. Pamela Kyle Crossley, The Wobbling Pivot: China Since 1800 108 (2010)
  4. 4,0 4,1 Jowett (2013).
  5. Perry, Elizabeth J. (15–avgust 2016–yil). „Worshipers and Warriors“. Modern China. 2-jild, № 1. 4–22-bet. doi:10.1177/009770047600200102. JSTOR 188811.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  6. Hudson, Valerie M., Andrea Den Boer. „A Surplus of Men, A Deficit of Peace: Security and Sex Ratios in Asia's Largest States“. 27-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-iyun.
  7. Hutton, Will. „Shortage of women leaves surplus of disaffected men“. New Zealand Herald (2007-yil 24-mart). Qaraldi: 2008-yil 22-iyun.
  8. 8,00 8,01 8,02 8,03 8,04 8,05 8,06 8,07 8,08 8,09 8,10 8,11 8,12 8,13 Perry (1980).
  9. Pamela Kyle Crossley, The Wobbling Pivot: China Since 1800 108 (2010)
  10. Chesneaux, Jean. Peasant Revolts in China, 1840–1949 p. 33 (C. A. Curwen trans. 1973)
  11. Siang-tseh Chiang, The Nien Rebellion p. viii (1954)
  12. Siang-tseh Chiang, The Nien Rebellion p. viii-ix (1954)
  13. Siang-tseh Chiang, The Nien Rebellion p. ix (1954)
  14. Pamela Kyle Crossley, The Wobbling Pivot: China Since 1800 108 (2010)
  15. Pamela Kyle Crossley, The Wobbling Pivot: China Since 1800 108 (2010)
  16. Pamela Kyle Crossley, The Wobbling Pivot: China Since 1800 108-09 (2010)
  17. Michael Dillon. China: A Modern History. I.B.Tauris, 15-sentabr 2012-yil — 85– bet. ISBN 978-1-78076-381-1. 
  18. Stewart Lone. Daily Lives of Civilians in Wartime Asia: From the Taiping Rebellion to the Vietnam War. Greenwood Publishing Group, January 2007 — 21– bet. ISBN 978-0-313-33684-3. 
  19. Jonathan D. Spence. The Search for Modern China. Norton, 1991 — 185– bet. ISBN 978-0-393-30780-1. 
  20. Xiaobing Li. China at War: An Encyclopedia. ABC-CLIO, 2012 — 321 bet. ISBN 9781598844153. 
  21. Elleman, Bruce A.. Modern Chinese Warfare, 1795-1989. Routledge, 2005 — 61 bet. ISBN 1134610092. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Qoʻshimcha oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jiang, Xiangze. The Nien Rebellion. Seattle: University of Washington Press, 1954. 
  • Ownby, David. "Approximations of Chinese Bandits: Perverse Rebels or Frustrated Bachelors?" Chinese Masculinities/Femininities. Ed. Jeffrey Wasserstrom and Susan Brownell. Berkeley, CA: U of California P.
  • Perry, Elizabeth J.. Approaches to the Nien Rebellion. Armonk, N.Y.: M.E. Sharpe, 1980. 
  • Perry, Elizabeth J.. Chinese Perspectives on the Nien Rebellion. Armonk, N.Y.: M.E. Sharpe, 1981. ISBN 087332191X. 
  • Têng, Ssu-yü. The Nien Army and Their Guerrilla Warfare, 1851-1868. Paris: Mouton, 1961.