Kontent qismiga oʻtish

Niğde Alouddin masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Niğde Alouddin masjidi
turkcha: Alâeddin Camii
Niğde Alouddin masjidi
Mamlakat  Turkiya
Hudud Markaziy Anadolu mintaqasi
Joylashuvi Niğde tumani, Kale mahallasi
Koordinatalar 37°57′59″N 34°40′44″E / 37.96639°N 34.67889°E / 37.96639; 34.67889
Yoʻnalishi sunniylik
Meʼmor Siddiq
Binokorlik sanasi 1223-yil
Gumbazlar soni 3
Gumbazlar soni 3
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali kesilgan tosh
Holati amaldagi


Niğde Alouddin masjidi (turkcha: Alâeddin Camii) – Turkiyaning Niğde tumanidagi tarixiy masjid.

Masjid Niğde tarixiy qal’asida joylashgan[1]. 1223-yilda Koʻniya sultonligi (Usmoniylar imperiyasining ajdodi) hukmdori Alouddin Qayqubod (h. 1220–1237) davrida barpo qilingan. Masjid sulton nomidan Niğde viloyatining mahalliy hokimi Ziynettin Beşare tomonidan qurdirilgan. Bino bosh meʼmori Siddiq va uning yordamchisi, ukasi Gʻozi ismli kishi boʻlgan[2].

Qurilish materiali sifatida kesilgan toshdan foydalanilgan. Masjidning ikkita portali mavjud boʻlib, birinchisi binoning sharqiy tomonida, ikkinchisi shimol tomonda joylashgan[2]. Masjidning janubiy qismida uchta gumbaz bor. Minora kvadrat binoning shimoli-sharqiy burchagida joylashgan.

Mahalliy afsonaga koʻra, muqarnas bilan bezatilgan sharqiy darvozaning shakli quyosh tushganda toj kiygan qizning soyasini hosil qiladi. Bu qiz, goʻyoki, masjidni qurdirgan hokimning qizi boʻlib, uni qurgan tosh oʻymakori qizga oshiq boʻlgan[3].

  1. „Alaaddin Cami Nerede Haritası“. Haritamaap. Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
  2. 2,0 2,1 "Alaeddin Camii" (tr). Islam Encyclopaedia. https://islamansiklopedisi.org.tr/alaeddin-camii--konya. Qaraldi: 12 June 2019. 
  3. „Alaaddin Camii'nin kapısındaki sır ne?“ (tr). Dünya Bizim page (2019-yil 1-may). 2018-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.