Nevfidan Kadın
| Nevfidan Kadın | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Usmoniylar imperiyasining bosh kadıni (Bosh xotin) | |||||
| Tenure | 1825-yildan oldin – 1839-yil 1-iyul | ||||
| Oʻtmishdoshi | Kamerfer Kadın | ||||
| Davomchisi | Servetseza Kadın | ||||
| Tugʻilishi | 1793-yil 4-yanvar[1] | ||||
| Vafoti |
27-dekabr 1855-yil (62 yoshda) Nafizposho saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi (hozirgi Istanbul, Turkiya) | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | Mahmud II | ||||
| Farzandlari |
Fotima Sulton Fotma Sulton (II) Emine Sulton Shahzoda Usmon Emine Sulton (II) Asrab olingan Adile Sulton | ||||
| |||||
| Uy | Usmoniylar (turmush orqali) | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Haciye Pertevpiyale Nevfidan Kadın (usmonli turkcha: حاجیه پرتوپیاله نوفدان قادین; 1793-yil 4-yanvarda tugʻilgan – 1855-yil 27-dekabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Mahmud II ning xotini[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi nomaʼlum, biroq Usmoniylar urf-odatlariga koʻra, sultonlarning xotinlari, odatda, nasroniy boʻlgan, imperiya haramiga joriya sifatida olib kelingan. Keyinchalik shu yerda islomni qabul qilgan va ularga boshqa ism berilgan[3].
Nevfidan Usmoniylar sultoni Mahmud II ning dastlabki ikki xotini vafot etganidan keyin Bosh Kadın (Bosh xotin) boʻldi. U Mahmud taxtga oʻtirishidan avval, hali shahzoda boʻlgan paytidayoq uning joriyasi edi. 1809-yil 4-fevralda, Mahmud taxtga chiqqanidan 6 oy oʻtib, u Mahmud II ning ilk farzandi Fotma Sultonni dunyoga keltirdi. Usmoniylar xonadonida 19 yildan keyin birinchi marta farzand dunyoga kelishi edi. Fotma Sultonning tugʻilishi Nevfidan Kadınning Mahmud hali shahzoda boʻlib, Kafesda saqlanayotgan bir paytda homilador boʻlganini anglatar, bu esa oʻsha davrda sulola qonun-qoidalariga zid edi. Fotma Sulton 1809-yil 5-avgustda vafot etdi[4].
1810-yil 30-aprelda Nevfidan ikkinchi qizi Fotma Sultonni dunyoga keltirdi. Biroq u ham 1825-yil 7-mayda vafot etdi. 1813-yil 17-iyunda Shahzoda Usmon va uning egizagi Emine Sultonni tugʻildi. Shahzoda 1814-yil 10-aprelda, malika esa 1814-yil iyulda vafot etdi[1]. 1815-yil 7-yanvarda Nevfidan Kadın qizi Emine Sultonni dunyoga keltirdi, biroq bu malika ham 1816-yil 25-sentyabrda vafot etdi[4]. Nevfidan Kadınning barcha farzandlari yoshligidayoq vafot etishdi. 1830-yilda Adile Sultonning onasi Zarnigor Kadınning vafotidan soʻng, Adile Nevfidan Kadınning parvarishiga topshirildi[5][6].
Erining vafotidan keyin Nevfidan yangi sulton Abdulmajid I dan haj safariga borish uchun ruxsat soʻradi. U sulton Mahmudning Makka ziyoratiga borgan ikkinchi xotini edi. Nevfidan 1842-yilda Istanbulga qaytdi va shu tariqa Hojiya nomi bilan mashhur boʻldi. Shu munosabat bilan Nevfidan muhr yasatdi, muhrda shunday yozuvlar bor edi: „Oliy hazratlari Sulton Mahmud, oliy hazratlari Haciye Nevfidan Baş Kadın“[7][8][2].
1845-yilda Adile Sulton Damat Mehmed Ali poshoga turmushga chiqdi, posho oʻsha paytda Imperiya arsenalida maslahatchi boʻlib xizmat qilar edi[9]. Toʻydan soʻng Adile Sulton eri bilan Fındıklı shaharchasidagi Neshatobod saroyida yashay boshladi[10].
Abdulmajidning oʻgay ukasi va vorisi sulton Abdulaziz oʻz kemalaridan biriga uning sharafiga „Pertevpiyale“ deb nom bergan.
Nevfidan Kadın juda taqvodor va saxovatli ayol edi, u Makka va Madinada kambagʻallar uchun vaqflar barpo ettirgan[8].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nevfidan Kadın 1855-yil 27-dekabrda Beylerbeyi saroyi ichidagi Nafizposho saroyida vafot etgan[11] va eri sulton Mahmud maqbarasiga dafn qilingan[8][2].
Farzandlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahmud II va Nevfidan Kadın 1 oʻgʻil va 4 qiz koʻrgan:
- Fotma Sulton (1809-yil 4-fevral – 1809-yil 5-avgust), oʻsha vaqtda sulolada 19 yildan keyin ilk bor dunyoga kelgan farzand edi. U otasi taxtga chiqqanidan atigi 6 oy oʻtib tugʻilgan va shu sababli uning dunyoga kelishi katta janjalga sabab boʻlgan, chunki Nevfidan eri Mahmud hali shahzoda boʻlib, Kafesda saqlanib turgan paytda Fotma Sultonga homilador boʻlgan. Bu esa oʻsha paytda Usmoniylar qonun-qoidalariga zid edi. Fotma Sulton goʻdakligidayoq chechakdan vafot etgan va Nuri Usmoniya masjidiga dafn qilingan.
- Fotma Sulton (II) (1810-yil 30-aprel – 1825-yil 7-may) chechakdan vafot etgan va Nakşidil Sultan maqbarasiga dafn qilingan.
- Emine Sulton (1813-yil 12-iyun – 1814-yil iyul) shahzoda Usmonning egizak singlisi. U ham goʻdakligida vafot etgan va Nuri Usmoniya masjidiga dafn qilingan.
- Shahzoda Usmon (1813-yil 12-iyun – 1814-yil 10-aprel) Emine Sultonning egizak akasi. U ham goʻdakligida vafot etgan va Nuri Usmoniya masjidiga dafn qilingan.
- Emine Sulton (II) (1815-yil 7-yanvar – 1816-yil 24-sentabr) Beylerbeyi saroyida yongʻin oqibatida vafot etgan va Yahyo afandi maqbarasiga dafn qilingan.
Farzandlarining oʻlimidan soʻng 1830-yilda Nevfidanga sulton Mahmudning onasidan ayrilgan boshqa bir qizini tarbiyalash ishonib topshirilgan:
- Adile Sulton (1826-yil 23-may – 1899-yil 12-fevral), uning oʻz onasi Zarnigor Kadın 1830-yilda vafot etgan. Bir marta turmushga chiqqan, 1 oʻgʻil hamda 3 qiz farzand koʻrgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 Adra, Jamil. Genealogy of the Imperial Ottoman Family 2005, 2005 — 3-bet.
- 1 2 3 Uluçay 2011, s. 183.
- ↑ Peirce, Leslie (1993). The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford: Oxford University Press. ISBN 0-19-508677-5.
- 1 2 Sakaoğlu 2008, s. 563.
- ↑ Uluçay 2011, s. 197.
- ↑ Kolay 2017, s. 7.
- ↑ Uluçay 2011, s. 190.
- 1 2 3 Sakaoğlu 2008, s. 548.
- ↑ Kolay 2017, s. 10.
- ↑ Kolay 2017, s. 12.
- ↑ Belleten, Volume 27, Issues 105-106. Türk Tarih Kurumu Basımevi, 1963 — 262-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kolay, Arif. Hayırsever, Dindar, Nazik ve Şâire Bir Padişah Kızı: Âdile Sultan, 2017.
- Sakaoğlu, Necdet. Bu Mülkün Kadın Sultanları. Beyoğlu, İstanbul : Oğlak Yayıncılık ve Reklamcılık, 2008. ISBN 978-9-753-29299-3.
- Uluçay, Mustafa Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara: Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5.