Neva Towers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Neva Towers
Umumiy maʼlumot
Turi Kompleks
Joylashuvi  Rossiya, Moskva, Moskva siti
Foydalanilishi Ofislar, mehmonxona, apartamentlar
Qurilishi boshlangan 2013-yil
Qurilishi tugagan 2020-yil
Balandligi
Tomi

Minora 1 - 301,9 m

Minora 2 - 345 m
Texnik holati
Qavatlar soni

Minora 1 - 68 ta

Minora 2 - 79 ta
Binoning ichki maydoni 349 232 kv.m.
Dizayn va konstruksiya
Quruvchi ST Towers
Neva Towers

Neva Towers (sobiq Renaissance Moscow Towers) — Moskva xalqaro biznes markazining(Moskva siti) 17 va 18-boʻlimlarini egallagan ikki binodan iborat boʻlgan koʻp qavatli osmonoʻpar binolar majmuasi[1].

Ilgari, Norman Foster tomonidan loyihalashtirilgan ushbu joyda 612 metrli Rossiya minorasini qurish rejalashtirilgan edi, ammo moliyaviy inqiroz va investorlar — Shalva Chigirinskiy va Viktor Rashnikov bilan bogʻliq muammolar tufayli qurilish bekor qilindi[2]. 2014-yil fevral oyida hududning yarmiga boʻlgan huquqlar Renaissance Construction[3] ga oʻtkazildi.

Umumiy maydoni 2,41 gektar boʻlgan uchastkada kompaniya bitta toʻrt qavatli stilobatda (Zinapoya kabi) ikkita minora qurilgan: balandligi 345 metr va 79 qavatli turar-joy binosi, shuningdek, 68 qavatdan iborat boʻlgan[4] balandligi 302 metr boʻlgan minora, unda ofislar 28-qavatgacha joylashtirilishi rejalashtirilgan edi[5][6]. Majmuaning umumiy maydoni 349,2 ming m2 ni tashkil qilishi koʻzda tutilgan edi[7]. Neva Towers hududida 7 ming kv.m. maydonga ega shaxsiy bogʻ mavjud. Bundan tashqari, turar-joy minorasida mehmonxona va suzish havzasi boʻlgan fitnes markazi joylashi ham rejalashtirilgan edi[5]. Shuningdek, ofis xodimlari va 1210 ta xonadon egalari uchun 2040 ta avtomobil uchun toʻxtash joyi loyihalashtirilgan[7].

Loyiha SPEECH arxitektura byurosi tomonidan Amerikaning HOK[en] va FXFOWLE Architects[en] kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, jamoat joylari esa Hirsch Bedner Associates[en][6] byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Osmonoʻpar binolarni bezashda yengil toshning tosh lamellari ishlatilgan. Binoning oʻzi LEED Gold[6][8] sertifikatiga ega.

Quruvchi korxona ikkinchi minorani va infratuzilmani 2019-yil oxirida, birinchi minorani esa 2020-yil oxirida foydalanishga topshirdi. Kvartiralarni sotish 2016-yil sentyabr oyidan boʻshlangan[5].

Ob’ektni quruvchisi ST Towers MChJ, texnik buyurtmachisi va bosh pudratchisi Turkiyaning Renaissance Construction kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan[2].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskva sitidagi binolar bilan taqqoslama[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskva siti binolari taqqoslamasi
Moskva siti binolari taqqoslamasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Елена Лыкова. „Небоскребы «Москва-Сити»: каким задумывали район 20 лет назад“. РБК (2014-yil 1-dekabr). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
  2. 2,0 2,1 „Москва-Сити 2015 - Renaissance Moscow Towers участок 17-18, как последняя строительная площадка главного строящегося проекта Москвы.“. RusDevelopers.ru (2015-yil 22-aprel). 2016-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
  3. Ирина Бегимбетова. „Башенные деньги“. Коммерсантъ (2016-yil 10-oktyabr). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
  4. „Небоскреб Neva Towers в «Москва-Сити» поставили на кадастровый учет“ (ru). stroi.mos.ru. 2019-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-dekabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 Игнат Бушухин. „Небоскреб с собственным парком: каким будет Neva Towers в «Москва-Сити»“. РБК (2016-yil 20-dekabr). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
  6. 6,0 6,1 6,2 Ольга Воскресенская. „Лучшие виды - с башни“. Российская газета (2016-yil 20-oktyabr). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
  7. 7,0 7,1 „Renaissance Development представила проект комплекса Neva Towers, который станет одним из последних объектов, построенных на территории ММДЦ“. Русская недвижимость (2016-yil 11-noyabr). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
  8. Дарья Фоменко. „Увидеть все“. Коммерсантъ (2016-yil 20-oktyabr). 2017-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rasmiy sayt
  • Moskva shahri. hidoyat — 2020-yil 24-noyabr kuni Moskva davlat qurilish nazorati boshqarmasi matbuot xizmati Neva Towers majmuasining 2-68 qavatli minorasi foydalanishga topshirilganini eʼlon qildi.
  • VikiOmbor logotipi VikiOmborda Neva Tower mavzusi boʻyicha mediafayllar bor