Nestle

NESTLE (Nestle — nemis tilining Shveysariya shevasida "jajji uya") — Shveysariyadagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri.
Shveysariyalik farmatsevt Genri Nestli 1866-yilda ona suti yetishmasligi oqibatida goʻdaklar oʻlimining oldini olish maqsadida sut, bugʻdoy uni va shakarning turli nisbatlarda aralashtirib ona suti oʻrnini bosadigan "Nestle sut uni"ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.
"N.", asosan, turli sut mahsulotlari, sut aralashmalari, mineral suvlar, alkogolsiz ichimliklar, bolalar oziqovqatlari, kofe, konservalangan va parhez mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi. Kompaniya ishlab chikaradigan oziqovqat mahsulotlarining turi 8 mingdan ortiq.
Kompaniyaning 70 ga yaqin davlatlarda 500 dan ortik, korxonalari bor. Kompaniya koʻpgina mamlakatlardagi parfyumeriya, kosmetika va farmatsevtika sanoati korxonalari aksiyalarining ham egasidir. Daromadi hajmi jihatidan Yevropada 8-, dunyoda 31-oʻrinni egallaydi.
2001-yilda umumiy savdo hajmi 84,7 mlrd. Shveysariya frankini tashkil etdi. Jami ishchixizmatchilari soni — 230 ming kishi.
"Nestle" kompaniyasining shakllanish tarixi “Nestle” kompaniyasining tarixi 1866-yildan boshlanadi, o’shanda birinchi marotaba Genri Nestle bolalar uchun sutli qorishma “FarineLactee”ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1886-yilda esa, asoschilari ikki amerikalik – Charlz va Jorj Peyjami bo’lgan “Quyiltirilgan sut ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi Anglo-Shvetsariya kompaniyasi” o’z assortimentini sezilarli darajada oshiradi va XIX asrning 70-yillaridayoq ona sutini o’rnini bosuvchi sut ishlab chiqaradi. Nestle bundan xabar topgandan so’ng bunga javoban qadam tashlaydi, ya’ni o’zining quyiltirilgan sut markasini ishlab, bozorga chiqaradi. 1905-yilda qo’shilgunga qadar bu ikki firma bozorda sut mahsulotlari bo’yicha asosiy raqobatchilar edi.
Kompaniyalar birlashib yagona “Nestle & Anglo-Swiss Milk Company” kompaniyasiga asos solindi. XX asr boshlarida uning boshqaruvida Ispaniya, AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniyada bir necha fabrikalar faoliyat ko’rsatar edi. 1907-yilga kelib kompaniyalar qadam-baqadam butun Avstraliya bozorini egashlashni boshladi hamda bu korxonaning ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish imkonini berdi. O’shandan beri ishlab chiqarish kengayib bordi va bugungi kunga kelib Nestle dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bu kompaniyaning muvaqqiyati shundaki, u doimo rivojlanishda bo’lgan va to’xtab qolmagan. Nestle tarixining muhim qismlariga nazar solsak: Shvetsariyaning shokolad ishlab chiqaruvchi kompaniyasining qo’shib olinishi; Ikkinchi Jahon urushi davrida juda mashhur bo’lgan Nescafe eruvchi kukunlarini yaratilishi; Maggi sho’rva va ziravorlarinini ishlab chiqaruvchi Alimentana S.A. kompaniyasi bilan birlashuv; Crosse&Blackwell (Buyuk Britaniyaning konserva mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi), Firdus (muzlatilgan mahsulotlar), Libby (mevali soklar)ga egalik qilishi va boshqalar.
Nestle kun sayin ko’p mahsulot turlarini yaratib, bozorni o’zining yangi mahsulotlari bilan to’ldirib kelmoqda. Ko’p kompaniyalar uchun asosiy raqobatchi bo’lgan talab o’sishi kuzatiladi. “Nestle” kofe, konditer mahsulotlari, kulinariya, muzqaymoq, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari va uy hayvonlari uchun ozuqalar bozorida yetakchi o’rinni egallaydi. Mahsulotning sifati va xavfsizligiga katta ahamiyat beriladi. 2005-yil oxirida kompaniya o’zining barcha fabrikalarini ISO 9001:2000 standarti talabiga javob beruvchi sertifikatlash jarayonini boshladi. Bu bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini boshqaruv tizimi tashkil qilinishi maqsad qilingan edi.
Bundan tashqari “Nestle” har doim yangi bozorlarni zabt etishni va turli davlatlarning xususiyatlariga muvaqqiyatli ravishda moslashishni maqsad qilib kelgan. Xalqaro kompaniya mahalliy hukumatga qarshi bormaydi, bozorlarga moslashayotganda mamlakatning madaniyati va urf-odatlarin hisobga oladi, bular ham uning boshqa kompaniyalardan ustunlik tomoni hisoblanadi.
1974-yilga kelib “Nestle” kompaniyasining barcha mahsulotlari hajmi to’rt barobarga oshdi. Xuddi shu yilda barcha ishlab chiqarish o’rinlari bir nechta o’zgarishlarga uchradi. 1920-yilning boshidan beri sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodi o’sishining sekin sur’ati va “qora oltin” narxining oshib ketishi, Shvetsariya frankiga nisbatan valyuta kurslarining tushishi sababli korporatsiyaning iqtisodiy ahvoli yomonlashishni boshladi. Kompaniyaning ilmiy faoliyatining muvaqqiyatli natijalari oziq-ovqat sanoatida o’z o’rnini yo’qotib qo’ymaslik dasturining yechimi bo’ldi hamda 1974-yilda Nestle kosmetika ishlab chiqaruvchi dunyo liderlaridan biri bo’lgan L’Oreal firmasining yirik aksiyadoriga aylandi. Keyinchalik esa kompaniya AlconLaboratories (farmasevtika va oftalmologiya tovarlari ishlab chiqaruvchi amerika firmasi)ni sotib oldi. O’sha davrda holatiga nazar tashlasak, raqobat oshib borayotgan va foyda ulushi kamayib ketayotgan bir paytda hamma kompaniya ham bunday riskli qaror qabul qila olmas edi. 80-yillarga kelib “Nestle” yanada samaraliroq rivojlanish maqsadida o’z oldiga ikkita asosiy strategic vazifani qo’yadi: qayta tashkil etish yo’li bilan moliyaviy holatni yaxshilash va ahamiyatli foyda keltiradigan korxonalarni o’zlashtirsh siyosatini davom ettirish. Markaziy va Sharqiy Yevropada, keyinchalik esa Xitoyda yangi bozorlarning ochilishi, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri investitlarning liberallashuviga bo’lgan umumiy tendensiya Nestle kabi keng faoliyat spektriga ega kompaniya uchun yaxshi alomat edi. 1995-yilda “Nestle” Samaradagi shokolad va boshqa qandolat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Россия” firmasi aksiyalarining nazorat paketin qo’lga kiritdi. O’shandan beri kompaniya ishlab chiqarishga juda katta mablag’ sarf qildi, ko’proq yangi uskunalar sotib oldi, texnik asboblarni yaxshiladi. Kompaniya investitsiyalari “Nuts” batonlari va oldin Rossiyada import qilingan “Nestle Classic” shokoladlari, keyinchalik esa butun dunyoga mashhur “Nesquik” shokoladli sharbatlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Yana bir muhim kapital qo’yilmalaridan biri 1996-yilda “Нестле-Жуковский” OOO aksiyalarining nazorat paketini qo’lga kiritish bo’ldi. Bu esa keyinchalik dunyoga mashhur brendga aylangan “48 копеек”, “Kimo” va “MEGA” kabi yangi savdo markalari ostida milliy rossiya muzqaymoqlarini ishlab chiqarishga zamin yaratdi. “Nestle” eng kam ishlab chiqarish xarajatlari bilan yuqori sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilgan, shu sababli kompaniya o’z ishchilarining bilim olishiga urg’u bergan, ularni jahon tajribasi va ilmiy-texnikaviy bilimlar bilan ta’minlagan. “Nestle” fabrikalari qishloq hududlarida rivojlanishni yaxshi yo’lga qo’ya olga va atrofdagi, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda o’z mahsuloti sifatini saqlab tura oladiga mukammal tizim yaratgan. Nestle jamiyatdagi salbiy ta’sirni kamaytirishda, xarjatlarni kamaytiruvchi va foydani oshiruvchi hamda uzoq muddatli davrda ekologik barqarorlikni ta’minlovchi sezilarli qadamlar qo’ydi. Nestle - Rossiya ijtimoiy hayotining faol ishtirokchisi. Ko’p uzoq muddatli loyihalarning homiysi bo’lishi bilan birga, kompaniya xayriya faoliyati bilan ham shug’ullanadi, shuningdek u muhim tarixiy arxitektura va san’at yodgorliklarini qayta tiklash uchun ham yordam beradi. Kompaniya jamiyatda sog’lom ovqatlanishni targ’ib qiladi, bu borada u maktab o’quvchilari uchun “To’g’ri ovqatlanish haqida bahs” deb nomlangan o’z dasturini ham ishlab chiqqan. “Nestle” kompaniyasi madaniyat sohasiga ham o’z hissasini qo’shgan: ko’p yillar davomida kompaniya Moskva Simfoniya orkestriga, “Oltin niqob” festivali va boshqalarga homiylik qilib keladi. Xulosa qilib aytganda, “Nestle” XXI asrning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib u dunyoning juda ko’p fabrika va sanoat korxonalariga egalik qiladi. Korparatsiyaning faoliyati asosan ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarishga asoslanga, lekin shuningdek u farmasevtika va parfumeriya-kosmetika sanoati bo’yicha yirik korxonalarining aksiyadori hisoblanadi. Uning ish olib xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: butun dunyo bo’ylab ko’pchilik bozorlar, ishlab chiqarishda yetakchi o’rin, kompaniya rivojlanishi va ilmiy-texnikaviy izlanishlar olib borish uchun katta miqdorda investitsiyalar, turli mamlakatlarning davlat siyosatini hisobga olgan holda tarmoqli kompaniyalar va filiallarda ish olib borish, kerak tomonga o’zgara oladigan tashkiliy-boshqaruv strukturasi, tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida turli operatsiyalar olib borish. Ish yuritish aniq nazorat ostida olib boriladi, kompaniya siyosati ishki va tashqi o’zgarishlar ta’siriga javob qaytara oladi, buning natijasida korparatsiyaning samarali faoliyatiga samarali faoliyatiga zamin yaratadi. “Nestle” kompaniyasi O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham o’z o’rnini topib bormoqda. 2014-yil fevral oyida Nestle Uzbekistan qoʻshma korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yordamida boshlangʻich maktab oʻquvchilari uchun “Sogʻlom bolalar” (Healthy Kids) ma’rifiy dasturini yoʻlga qoʻydi. “Sogʻlom bolalar” dasturining asosiy maqsadi bolalarda sogʻlom turmush tarzini tashkil etuvchi ovqatlanish madaniyatini shakllantirishdan iborat. Nestle Uzbekistan bosh direktori Filipp Gorbunovning ta’kidlashicha, ushbu dastur Nestle kompaniyasining Healthy Kids global dasturi bir qismi hisoblanib, hozirda 71 mamlakatda amalga oshirilmoqda. Nestle Uzbekistan ma’lumotlariga koʻra, kompaniya hozirda dunyo boʻyicha 250 dan ortiq hamkorlar bilan ish olib boradi. Ularga davlat organlari, Nodavlat notijorat tashkilotlar, oziq-ovqat va salomatlik institutlari, shuningdek, sport federatsiyalari kiradi. Dasturga 5 milliondan ziyod bola jalb qilingan. 2015-yilgacha kompaniya dastur koʻlamini 80 ta mamlakatgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda. “Toʻgʻri ovqatlanish darslari”ning asosiy vazifalari bolalarda salomatlikni qadrlash toʻgʻrisidagi tushunchani shakllantirish, uni mustahkamlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻrish, ularni toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi bilan tanishtirish, axloq-odob qoidalarini, oʻzlarining sogʻligʻi haqida qaygʻurishni oʻrgatish, milliy an’analar bilan tanishtirishdan iborat. Dastur umumta’lim maktablarining 1- va 2-sinf oʻquvchilari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhlari uchun moʻljallangan. Birinchi bosqichda Toshkent va Namangan maktablarining 6 mingdan ziyod oʻquvchilarini qamrab olish rejalashtirilgan. Kelajakda dastur butun Oʻzbekiston boʻylab amalga oshirilishi mumkin.
"N." Oʻzbekistonda 1996-yildan faoliyat koʻrsatadi. Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. 1998-yil Namangan "Nafosat" aksiyadorlik jamiyati (so-biq Namangan sut zavodi)ning 34,9% aksiyasini 287 ming AQSH dollariga sotib oldi. 1999-yilda esa ushbu korxona negizida "Oʻzbekiston-Nestle" korxonasi tuzildi. Kompaniya 2002-yil fevralda qiymati 30 mln. AQSH dollari boʻlgan Namangan bolalar oziq-ovqati zavodini ishga tushirdi. 3-d uzoq saqlanadigan sut va yogurt, turli xildagi sut qorishmalari ishlab chiqaradi. 2002-yilda yiliga 22 mln.litr maʼdanli ichimlik suvini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.[1]
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |