Nesrin xonim
| Nesrin xonim | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Tugʻilishi |
1826 Gruziya | ||||
| Vafoti |
1853-yil 2-yanvar Konstantinopol, Usmoniylar davlati (hozirgi Istanbul, Turkiya) | ||||
| Dafn etilgan joy | |||||
| Turmush oʻrtogʻi | |||||
| Farzandlari |
Shahzoda Mehmed Ziyouddin Behiche Sulton Shahzoda Mehmed Nizomiddin Shahzoda Mehmed Burhaneddin | ||||
| |||||
| Uy | Usmonli (nikoh orqali) | ||||
| Otasi | Manuchar Bey Asemiāni | ||||
| Onasi | Mahra Hanim | ||||
| Dini | Islom sunniylik | ||||
Nesrin xonim (usmonli turkcha: نسرین خانم – „yovvoyi atirgul“, 1826 – 1853-yil 2-yanvar) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulmajid I ning xotinlaridan biri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nesrin xonimning millati gruzin boʻlib, zodagon oila vakillari Manuchar bey Asemiāni va Mahra xonimning qizi boʻlgan. Abdulmajidning onasi Bezmiâlem Sulton tomonidan oʻgʻli uchun xotin (joriya) sifatida tanlab olingan. Nesrin xonim 1842-yilda Abdulmajidga turmushga chiqqan va unga „Uchinchi iqbol“ unvoni, keyinchalik „Ikkinchi iqbol“ unvoni berilgan. Oʻsha yili Nesrin birinchi farzandi, oʻgʻil shahzoda Mehmed Ziyouddinni dunyoga keltirgan[1], biroq shahzoda yoshligidayoq vafot etgan[2]. 1848-yil 6-avgustda Nesrin xonim Eski Çırağan saroyida ikkinchi farzandi, qizi Behice Sultonni dunyoga keltirgan[1].
1850-yil Nesrin egizak oʻgʻil farzand koʻrgan va ularga Shahzoda Mehmed Nizomiddin va Shahzoda Mehmed Bahouddin deb ism berilgan[3]. Abdulmajid bu paytda Onadoʻlida safarda edi. Farzandli boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarni onasi Bezmiālem Sulton orqali olgan[4]. Har ikkala shahzoda ham yoshligida vafot etgan[3].
Nesrin xonim 1853-yil 2-yanvarda sil kasalligi oqibatida, shuningdek, uch farzandidan ayrilib chuqur gʻamga choʻkkani sababli vafot etgan va Istanbuldagi Yangi masjidga dafn qilingan[2][5]. Qizi Behice Sultonni Abdulmajidning boshqa xotinlaridan biri Şayan Kadın asrab olgan.
Farzandlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ismi | Tugʻilgan sanasi | Vafot sanasi | Izohlar |
|---|---|---|---|
| Shahzoda Mehmed Ziyouddin | 1842-yil 22-aprel[6][7] | 1845-yil 27-aprel[6][7] | Yangi masjidda dafn qilingan. |
| Behice Sulton | 1848-yil 6-avgust[1][8] | 1876-yil 30-noyabr[9][8] | Onasining vafotidan keyin uni Şayan Kadın asrab olgan. Bir marta turmushga chiqqan, farzandsiz. |
| Shahzoda Mehmed Bahouddin | 1850-yil 24-iyun[2][10] | 1852-yil 9-noyabr[2][10] | Nizomiddinning egizak akasi. Yangi masjidda dafn qilingan. |
| Shahzoda Mehmed Nizomiddin | 1850-yil 24-iyun[11][10] | 1852-yil[11][10] | Bahouddinning egizak ukasi. Yangi masjidda dafn qilingan. |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 Uluçay 2011, s. 226.
- 1 2 3 4 Uluçay 2011, s. 216.
- 1 2 Uluçay 2011, s. 215-6.
- ↑ Davis, Fanny. The Ottoman Lady: A Social History from 1718 to 1918. Greenwood Publishing Group, 1986 — 13-bet. ISBN 978-0-313-24811-5.
- ↑ Sakaoğlu 2008, s. 602.
- 1 2 Uluçay 2011, s. 215.
- 1 2 Paşa 1960, s. 144.
- 1 2 Brookes 2010, s. 279.
- ↑ Uluçay 2011, s. 227.
- 1 2 3 4 Paşa 1960, s. 145.
- 1 2 Uluçay 2011, s. 218.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brookes, Douglas Scott. The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5.
- Paşa, Ahmed Cevdet. Tezâkir. [2]. 13 - 20, Volume 2. Türk Tarih Kurumu Basımevi, 1960.
- Sakaoğlu, Necdet. Bu Mülkün Kadın Sultanları: Vâlide Sultanlar, Hâtunlar, Hasekiler, Kandınefendiler, Sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-6-051-71079-2.
- Uluçay, M. Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5.