Neru Javoharlal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neru Javoharlal (1889.14.11, Ollohobod — 1964.27.5, Dexli) — Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi. Mil-liy ozodlik kurashida M.K. Gandinshp safdoshi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlaridan biri. Mustamlaka davrida (1947 y.gacha) taʼqib qilingan. 10 y.dan ortiq umri qamoqda oʻtgan. Tarixda "Yangi Hindiston bunyodkori" nomi bilan mashhur. N. 1947 y. 15 avgda Dehlidagi mashhur Nal Qalʼada Hindiston milliy mustaqillikni qoʻlga kiritgan-ligini eʼlon qilgan. Hindiston Res-publikasi bosh vaziri va tashki ishlar vaziri (1947 y.dan). N. rahbarligida Hin-diston xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning rivojida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. N. Hindistonning tashqi siyosati asoslarini yaratdi, xalqaro chigal masalalarni hal etishda jonbozlik koʻrsatdi. Uning mustamlakachilik, irkchillikka karshi izchil kurashi, yoppasiga qurollanishga chek qoʻyish, xalqlar oʻrtasida tenglik, doʻstlik, hamkorlik siyosati xalqaro maydonda Hindiston nufuzini oshirdi. N. qoʻshilmaslik siyosatini yaratdi. 1947 y.da harbiy bloklarga qoʻshilmagan mamlakat birgina Hindiston hisoblangan boʻlsa, hozirgi qoʻshilmaslik harakatida 120 dan ortiq Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropa mamla-katlari ishtirok etmoqda.

N. 1955 va 1961 y.da qizi Indira Gandi bilan Oʻzbekistonga tashrif buyurib, oʻzbek xalqining turmushi, hayoti, tarixi bilan yaqindan tanishgan. N. "Hin-distonning kashf etilishi" asarida yurtdoshimiz Bobur va uning nabirasm Akbar haqida bunday deydi: "Bobur dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan, u sanʼatni, adabiyotni sevar-di, hayotdan huzur qilishni yaxshi koʻrardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq boʻlib, koʻp yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan".[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil