Neokonfutsiychilik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Neokonfutsiychilik (neo... va konfutsiychilik) — Sun dinastiyasi hukmronligi davrida (X—XIII asrlar) Xitoy falsafasida paydo boʻlgan oqimlardan biri. Ilk konfutsiychilikdan, asosan, uning axloqiy-siyosiy gʻoyasidan farqli oʻlaroq, N.da ontologiya, naturfalsafa va kosmogoniya masalalari muayyan oʻrin egallaydi. N. vakillari yangi gʻoya va tushunchalarni, xususan, ili (burch va qonun) sin-min (tabiat va takdir) kabi tushunchalarni ishlab chiqdilar. X—XI asrda yashab, ijod etgan Sun-fu, Xu-Yuan va Shi Sze N. asoschilari hisoblanadi. N.da 6 ta asosiy konsepsiya — buyuk chegara, prinsip (li-qonun), moddiy kuch, inson tabiati, narsalar tabiatini anglash, insonparvarlik muhim oʻrin tutadi. N. Min dinastiyasi davrida (1368—1644) yanada rivojlandi, unga oid kitoblar nashr qilindi. N. XX asrning 30-yillarida Chen-Chju maktabi gʻoyalari Fen Yulan falsafiy karashlarining shakllanishida asosiy manba boʻldi. N. Yaponiya, Koreya va Vyetnamda ham katta taʼsirga ega boʻlgan. N. 1949-yilda XXR barpo etilgach, barham topdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |